Ishonchli vakil yangiyo‘llik saylovchilarga saylovoldi dasturning ustuvor yo‘nalishlarini tushuntirdi

12.10.2021, 11:21

Ishonchli vakil yangiyo‘llik saylovchilarga saylovoldi dasturning ustuvor yo‘nalishlarini tushuntirdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O’zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva Yangi yo‘l tumani “Barkamol avlod markazi”da saylovoldi tashviqotini olib bordi.

Ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva tomonidan olib borilayotgan saylovoldi tashviqot tadbirida tuman faollari, mahalliy Kengash deputatlari, aholi hamda nomzodga xayrixoh yoshlar vakillari ishtirok etishdi.

Ishonchli vakil Shavkat Mirziyoyev “Yangi O’zbekiston – inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlatdir” nomli saylovoldi dasturi mazmun-mohiyatini atroflicha yoritib berdi.

Dastur doirasida qabul qilingan 2027 yilgacha mamlakatda kambag‘allikni kamida 2 baravarga kamaytirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, sud-huquq tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, davlat boshqaruvini takomillashtirishni nazarda tutuvchi besh yillik Yangi O’zbekiston strategiyasining asosiy yo‘nalishlarini sharhlab berdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar so‘nggi besh yilda amalga oshirilgan tub islohotlarning bari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida ro‘yobga chiqqanini ta’kidlashdi.

Hukumat va xalqni o‘zaro yaqinlashtirgan, xalq dardi bilan yashab, samarali faoliyat ko‘rsatgan Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi.

Ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva mamlakatni Yangi taraqqiyot sari dadil yetaklab borishga qodir xalqchil rahbar Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chaqirdi. 

Saylovoldi tashviqot tadbiri “Inson qadri uchun” shiori ostidagi bayram dasturiga ulanib ketdi.

“Har bir insonning qadri bor!”, “Xalq boyligi har bir insonning qadrligidadir!”, “Inson qadri baland davlatda islohotlarni to‘xtatib bo‘lmaydi!” kabi partiya shiorlarga burkangan zalda ko‘tarinki kayfiyat hukm surdi.

Tuman Madaniyat markazi tomonidan tayyorlangan dasturda Ona Vatan madhi, yoshlik va baxtli hayotni tarannum etgan kuy-qo‘shiqlar, dilrabo raqslar namoyish etildi.

O’zLiDeP Toshkent viloyat kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    331
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+