Ishonchli vakil vobkentlik saylovchilarga saylovoldi dasturning ustuvor yo‘nalishlarini targ‘ib qildi

12.10.2021, 11:25

Ishonchli vakil vobkentlik saylovchilarga saylovoldi dasturning ustuvor yo‘nalishlarini targ‘ib qildi

Nomzodning ishonchli vakili Samoydin  Xusenov Vobkent tumanidagi saylovchilar bilan uchrashuvi davom etdi.

Saylovoldi dasturning muhim yo‘nalishlarini sharhlab berdi. So‘zga chiqqanlar saylovchilarda siyosiy madaniyatni oshirish va bu orqali yurtimizga dunyo kuzatuvchilari tomonidan siyosiy baho berilishini ta’kidladi. Bundan tashqari chekka hududlarda ishlayotgan ta’lim muassasasi xodimlariga yuqori maoshning berilayotganligi, oliy ta’lim muassasalari talabalariga ijara pulining 50 foizining davlat tomonidan to‘lab berilayotganligi, qizlarga oliy ta’limda tahsil olishi qo‘shimcha kvotalarning ajratilishi va ularning grant asosida o‘qishga qabul qilinishini alohida e’tirof etishdi.

So‘zga chiqqan nafaqaxo‘r Bahodir G’afforov ham o‘tgan davrda chegaradosh xalqlar bilan chegaraning ochilganligi, qardosh xalqlar o‘rtasidagi to‘siqlarning olib tashlanishi, chegara sabab yillab bir-birini ko‘rolmay yurgan qon-qarindoshlar diydor ko‘rishganini bildirdi. Qolaversa, xalqning ham turmush tarzi ancha yaxshilangani, ba’zi oilalarda hattoki 2-3 nafardan shartnomada o‘qiyotgan talabalarga imtiyozlar berilayotgani amalga oshirilgan islohotlar natijasi ekanligini tilga olishdi.

Uchrashuvda partiya vakillari nomzodimiz Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chaqirishdi.

Teglar
  • Ko'rildi
    307
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+