Yangi O’zbekiston bunyodkorlarini kamolga yetkazish – ustuvor vazifamiz

12.10.2021, 11:55

Yangi O’zbekiston bunyodkorlarini kamolga yetkazish – ustuvor vazifamiz

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiyadan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili Ra’no Turdiboyevaning Yangiyo‘l tumanidagi navbatdagi manzili “Yoshlar markazi” bo‘ldi.

2021 yilda ishga tushgan, oyiga 600 nafar o‘quvchiga ta’lim berish quvvatiga ega markazda o‘qituvchi va o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, o‘quv to‘garaklari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva bu yerda yig‘ilgan yoshlar bilan muloqotda nomzod saylovoldi dasturining “Sifatli ta’lim – inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili” nomli bandida belgilangan ustuvor vazifalar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva o‘z nutqida Yangi O’zbekistonni – yangicha ta’lim-tarbiya ko‘rgan yoshlar quradi, deya ta’kidlab, so‘nggi besh yilda yurtimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik haqida so‘zladi.

Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturiga muvofiq, yurtimizda bolalar soni o‘sib borayotganini inobatga olib, yangi maktablar qurish, xususiy maktablarni ko‘paytirish, ta’lim sifatini oshirishni nazarda tutadigan Maktablarni rivojlantirish davlat dasturi ishlab chiqilishi, zamonaviy, erkin va ijodiy fikrlaydigan yoshlar uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish masalalariga katta e’tibor qaratilishini qayd etdi.

Shuningdek, dasturga ko‘ra, o‘qituvchilarning mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash borasidagi ishlar davom ettirilishini aytdi.

Umuman, dastur doirasida ta’lim-tarbiya va sport sohasida izchil davom ettiriladigan islohotlar Yangi O’zbekiston bunyodkorlarini kamolga yetkazishga xizmat qilishini alohida uqtirdi.

“Yoshlar markazi” pedagoglari bilan o‘tgan uchrashuv so‘nggida ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva barchani saylovlarda faol ishtirok etib, unda mamlakatda yoshlar siyosatiga katta e’tibor qaratayotgan munosib nomzod Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chaqirdi.

O’zLiDeP Toshkent viloyat kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    304
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+