Ishonchli vakil narpaylik saylovchilar bilan uchrashdi
12.10.2021, 12:06

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyati bo‘yicha Ishonchli vakili Rustam Xolmurodov Narpay tumanidagi 27-son bolalar musiqa va san’at maktabida saylovchilar bilan uchrashdi.
Unda nuroniylar, mahalla, ta’lim tizimi vakillari va yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda ishonchli vakil so‘zga chiqib, o‘tgan 5 yilda mamlakatimizda Shavkat Mirziyoyev tomonidan barcha sohalarda jumladan, ta’lim, sanoat, iqtisodiyot, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi sohasi va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlari haqida gapirar ekan, Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyat saylovchilari bilan uchrashuvida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dastur doirasida Narpay tumani misolida Samarqandda ishsizlik va kambag‘allikka barham berish bo‘yicha rejalarni ma’lum qilganliklarini alohida e’tirof etdi.
- Dasturga ko‘ra, endi tumandagi mahallalarga biriktiriladigan “hokim yordamchilari” lavozimlari joriy etiladi. Ular mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish va yangi ish joylarni tashkil etish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etadi.
Tumanda sanoat sohasida 800 milliard so‘mlik 145 ta investitsiya loyihasi hisobiga 1,5 mingta ish o‘rni yaratiladi. Jumladan, “Baxt”, “Guliston”, “Muqimiy” va “Tepa” mahallalarida 4 ta yangi kichik sanoat zonalari tashkil etiladi.
Shuningdek, mavjud korxonalar faoliyatini kengaytirish hisobiga 4 ming 800 ta, ijtimoiy sohada 650 ta, 747 ta xizmat ko‘rsatish shaxobchalarini tashkil etish orqali 1100 ta, 14 ta yo‘l bo‘yi infratuzilma komplekslarini tashkil etish orqali 500 ta, paxta va g‘alladan bo‘shatiladigan maydonlarni aholiga ijaraga berish orqali 4 mingta, Mirbozor bozorini rekonstruksiya qilib, zamonaviy savdo kompleksiga aylantirish orqali 1200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Tumanning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, 12 ta mahallada quruvchi, chilangar, qandolatchilik, tikuvchilik, IT-soha kasblari bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitish maskanlari tashkil etiladi.
Yuqoridagi loyihalarni amalga oshirish natijasida, tumanda tadbirkorlik sub’ektlari soni 1,5 mingdan 3 ming 700 tagacha ko‘payadi. Umuman, kelgusi 2 yilda qayd etilgan tadbirlar natijasida, jami 22 ming aholining bandligi ta’minlanadi, - dedi R.Xolmurodov.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar mazkur e’tibordan mamnun ekanligini ta’kidlab, kelajak uchun, Vatan ravnaqi, inson qadri uchun Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashini bildirdilar.
O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Istiqbolli rejalar - oliy maqsadlar ro‘yobiga xizmat qiladi
22.10.2021, 19:03
-
Fransiyalik xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv
22.10.2021, 18:59
-
Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashdi
21.10.2021, 16:14
-
O’zLiDeP tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun brifing tashkil qilindi
20.10.2021, 17:03
-
Toshkentlik saylovchilar bilan ochiq muloqot bo‘ldi
19.10.2021, 16:44
Fikringizni qoldiring