Ishonchli vakil Surxondaryoning kelgusi besh yillikdagi rejalariga to‘xtaldi

12.10.2021, 12:09

Ishonchli vakil Surxondaryoning kelgusi besh yillikdagi rejalariga to‘xtaldi

Muzrabot tumanidagi "Yurtim jamoli" mahallasi 2018 yilda "Obod mahalla" davlat dasturi asosida obod go‘shaga aylantirildi. 4451 nafar aholi yashaydigan hududdagi ichki o‘nqir-cho‘nqir ko‘chalarning qariyb 90 foizi asfaltlandi, qolganlariga tosh to‘kildi. Tungi chiroqlar o‘rnatildi. Mahalladagi 2 ta 21- hamda 46-maktablar qayta ta’mirlandi, 3 ta davlat-xususiy sherikligi asosida uy bog‘cha ishga tushdi, yana bitta bog‘cha rekonstruksiya qilindi.

48 ta kam ta’minlangan oilalar arzon uy-joylar bilan ta’minlandi. Bularning barchasi mahalladagi ko‘pchilik xonadonlarga quvonch, xursandchilik olib keldi, - deydi mahalla raisi Nilufar Qosimova.

Shavkat Mirziyoyevning Surxondar viloyatidagi Ishonchli vakili ayni shu mahalladagi o‘zgarishlarni kuzatar ekan, mahalla oqsollaridan biri 82 yoshli Akrom bobo Qodirovning xonadonida ham bo‘ldi. Ulug‘ yoshli otaxon ancha tetik. Sababi, har kuni 5 ming qadam yo‘lni piyoda sayr qiladi, badantarbiyani kanda qilmaydi.

Otaxon bilan o‘tgan suhbat samimiy kechdi. Oqsoqol sifatida saylovda mahalladoshlarini Sh.Mirziyoyev nomzodiga ovoz berishga chaqirildi.

"Yurtim jamoli" mahallasi hududida tashkil etilgan uchrashuv ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

Barchaga nomzodning dasturidan o‘rin olgan aynan vohamizda amalga oshiriladigan loyihalar xususida tushuntirib berildi.

Misol uchun, saylovoldi dasturida xususan, Muzrabot tumanida sholi yetishtirish bo‘yicha klasterlar tashkil etilishi ham aniq hisob-kitoblar asosida belgilangani qayd etildi.

Bundan tashqari, Sh.Mirziyoyev surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuv paytida kelgusi besh yillikda aholining o‘rtacha daromadini yiliga 4 ming dollarga yetkazilishi haqida aytib o‘tgandi. Buning uchun esa islohotlarni hayotga tatbiq etishda, har bir tizim samarali ishlashida hamma bir yoqadan bosh chiqarishi lozim. Bunday maqsadlarga eltadigan yo‘lboshchini esa o‘z vaqtida tanlab, uni saylashimiz lozim bo‘ladi.

Uchrashuvda shular xususida gapirilar ekan, ishonchli vakil yig‘ilganlarni O’zLiDeP nomzodiga ovoz berishga chaqirdi.

Ishonchli vakilning saylovchilar bilan uchrashuvi muzrabotda davom etdi.

Saylovchilarga prezidentlikka nomzod Sh.Mirziyoyevning saylovoldi dasturi haqida so‘zlab berdi. Tumanning "Shaffof" mahallasida bo‘lib o‘tgan targ‘ibot tadbirida muzrabotlik yoshlar, nuroniylar va boshqa soha vakillari, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Botir Mardayevlar ishtirok etishdi.

So‘zga chiqqanlar tuman hududidagi o‘zgarishlar, obod bo‘layotgan ko‘chalar, mahalla va qishloqlar haqida gapirishdi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    293
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+