Ishonchli vakil “temir daftar” va “ayollar daftari”da turuvchi xotin-qizlar bilan suhbatda bo‘ldi

12.10.2021, 12:11

Ishonchli vakil “temir daftar” va “ayollar daftari”da turuvchi xotin-qizlar bilan suhbatda bo‘ldi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O’zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva Yangiyo‘l tumanidagi “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi” da ham bo‘ldi.

Markazda “temir daftar” va “ayollar daftari”da turuvchi, kasb-hunarga o‘qitilayotgan xotin-qizlar bilan suhbatda bo‘ldi.

O’zaro muloqot chog‘ida markaz rahbari Nargiza Xojiyeva 270 ta ayol o‘qitilayotgan markazda bugun “Kompyuter ishi”, “Buxgalteriya hisobi”, “Pazandachilik”, “Chevarchilik” kabi bir oylik kasb-hunarga o‘rgatish kurslari mavjudligi haqida ma’lumot berdi. Muhimi, oylik kursni bitirganlarga o‘rta maxsus kasb-hunar kolleji diplomiga teng bo‘lgan sertifikat berilib, bitiruvchilar to‘liq ish bilan ta’minlanishi natijasida ayollarning moddiy farovonligi oshib, turmush sharoiti yaxshilanayotganini e’tirof etdi.

Uchrashuvda so‘z olgan ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva mazkur markaz Shavkat Mirziyoyev 2020 yilda biz ilk bor aholimiz o‘rtasida kambag‘allik borligini ochiq tan olib, bu muammo bilan jiddiy shug‘ullanishni boshlagani, uning boshchiligida ehtiyojmand aholini aniqlashning yangi tizimi yaratilib, “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari” joriy etilganining amaliy natijasi ekanini qayd etdi.

Partiya nomzodi saylovoldi dasturiga muvofiq, kelgusi besh yilda aholini, ayniqsa yoshlar va ayollarni kasb-hunarga o‘qitish, oila xo‘jaliklarida biznes tashkil etishga ko‘maklashish, ehtiyojmand fuqarolar bilan manzilli ishlash, bir so‘z bilan aytganda, xalqni rozi qilish asosiy mezon bo‘lib qolishini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturining “Faol tadbirkorlik va manzilli moliyaviy ko‘mak – kambag‘allikni qisqartirishning muhim omili” nomli bandi mazmun-mohiyatini hayotiy misollar keltirish bilan batafsil izohlab berdi.

Dasturga ko‘ra, jamiyatda ayollarning mavqeini oshirishga qaratilgan siyosat izchil davom ettirilishi, jumladan, ayollar orasidagi ishsizlik darajasini 2 marta kamaytirish nazarda tutilganini ma’lum qildi.

Shuningdek, 700 mingdan ziyod ishsiz xotin-qizlar davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitilib, ularning xarajatlari davlat tomonidan qoplab berilishi bu ayollarga bo‘lgan juda katta e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasi ekanini aytdi.

Bundan tashqari, ehtiyojmand oilalarning qizlari uchun oliy ta’lim grantlari har yili oshirib borilishi va 2026 yilga qadar 6 mingtaga yetkazilishi, kelgusi uch yilda uy-joyga muhtoj 10 mingdan ziyod xotin-qizlarga imtiyozli shartlar asosida uy-joylar ajratilishi rejalashtirilgani haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv yakunida shonchli vakil Ra’no Turdiboyeva markazdagi saylovchilarni jamiyatda ayollar mavqeini oshirishni eng ustuvor vazifalardan deb bilgan munosib nomzod Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chaqirdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1083
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+