Ishonchli vakil shahrixonlik saylovchilar bilan uchrashdi

12.10.2021, 12:14

Ishonchli vakil shahrixonlik saylovchilar bilan uchrashdi

Yangi O’zbekiston strategiyasida inson omilini oliy maqomga ko‘tarayotgan, inson qadri, manfaatlariga kamarbasta O’zLiDeP nomzodining Andijon viloyati bo‘yicha ishonchli vakili O’ktamjon Axunovning shahrixonlik xotin-qizlar va yoshlar bilan uchrashuvida partiya viloyat kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odinaxon Otaxonova, xalq deputatlari mahalliy kengash deputatlari hamda targ‘ibot guruhi a’zolari ham ishtirok etdilar.

“Yangi O’zbekiston strategiyasi” kitobi mazmun-mohiyati bevosita nomzod hayoti va faoliyati bilan bog‘landi. Ishonchli vakilning  saylovoldi dasturdagi ustuvor yo‘nalishlarni interfaol usullar yordamida tushuntirgach, o‘tgan besh yillikning Andijonda amalga oshirilgan samarali islohotlari aks etgan videorolik namoyish etildi.

Mansurbek Mamayusupovning nomzod tashabbuslari bilan bugun o‘z o‘rniga ega tadbirkorga aylanganini faxrlanib gapirganlari yig‘ilganlarni to‘lqinlantirdi. Ayni vaqtda o‘tgan besh yildagi harakatlari natijasida xususiy bog‘cha, xususiy maktab tashkil qilgani, deputatlikka saylangani shu davrdagi islohotlar samarasi bo‘lganini qayd etdi.

“Mening yetuk tadbirkor bo‘lib, ishbilarmonlik muhitida o‘rin topishim, dunyo bozoriga chiqishim, aholiga arzon uy-joylar bunyod etish tashabbuslarimni qo‘llab-quvvatlagan, imkoniyatlarni bergan inson O’zLiDeP nomzodidir!” – dedi so‘z olgan “Samo Nur Akfa” MChJ rahbari Boburjon Sodiqov.

Abdusalom Yuldashevning fikrlari kecha va bugunning qiyosini xalqona tilda yaqqol ko‘rsatib berdi. “Bir paytlar oddiygina imkoniyati cheklangan fuqaro faqat moddiy yordam puli olardi, bugun esa ularga berilayotgan imtiyozlarning chegarasi yo‘q: uyli bo‘lyapti, imkoniyatiga qarab ishli bo‘lyapti... Inson qadri uchun degan ezgu maqsad zamirida qanday mohiyat bor? Buni anglash uchun birgina “MYeHR” operatsiyalarini ko‘z oldimizdan o‘tkazaylik. Mana bizga javob!” –dedi u o‘z so‘zida.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odinaxon Otaxonova parlament vakili sifatida murojaatlar bilan ishlashda yangi tizim yaratilganini, qancha-qancha muammolar tizimli ravishda tez fursatlarda hal bo‘layotganini, xotin-qizlar gender tengligi jamiyatning har bir bo‘g‘inida yaratilayotganini iftixor bilan qayd etdi.

Ishonchli vakilning uchrashuvi nomzod faoliyatining xalq hayotidagi tub burilishlar, ezgu o‘zgarishlar e’tirofi bilan yanada fayzli tus oldi. Saylovoldi dastur mohiyati ayni e’tiroflarning mantiqiy davomi sifatida yuzaga chiqishiga ishonch bildirildi.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matubot xizmati rahbari

Teglar
  • Ko'rildi
    264
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+