Shavkat Mirziyoyev mahalla rivojini ko‘zdan kechirdi

12.10.2021, 20:26

Shavkat Mirziyoyev mahalla rivojini ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev Qorako‘l tumanidagi Xo‘jalar mahallasida aholining yashash tarzi bilan tanishdi.

Mahalla Qorako‘l tumani markazida joylashgan bo‘lib, 2 ming 800 nafardan ziyod aholi yashaydi. Bu yerda ko‘plab savdo shoxobchalari, to‘qimachilik korxonalari bor.

Shavkat Mirziyoyev shu mahallada yashovchi Sohib Xo‘jamberdiyev xonadonida mehmon bo‘ldi.

Oila boshlig‘i tadbirkor. Turmush o‘rtog‘i Diloromxon bilan ikki  farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazgan. Ular mahalladagi omilkor oilalardan. Tomorqada va kichik issiqxonada poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Chorva va parranda ro‘zg‘orga baraka kiritadi.

Xonadon sohiblari bilan mamlakatimizdagi tinchlik, bugungi imkoniyatlar, islohotlar natijasi haqida samimiy suhbat bo‘ldi.

Mahalla nuroniylari yurtimizga qut-baraka va farovonlik tilab duo qildi.

  • Ko'rildi
    63
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+