O‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan siyosat izchil davom ettiriladi
13.10.2021, 19:38

Davlatimiz rahbari Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida viloyatdagi milliy madaniy markazlar vakillari bilan muloqot qildi.
- Sizlarga ma’lumki, yurtimizdagi ahillik, totuvlikni mustahkamlashga alohida e’tibor berayapmiz. Buning natijasida hayotingizda nimalar o‘zgardi? Nima muammolar, qanday takliflar bor? Shular haqda sizlar bilan yurakdan gaplashgani keldim, - dedi Piyezident.
Ko‘p millatli Navoiy viloyati - xalqlar do‘stligi va o‘zaro anglashuvining yorqin ifodasi. O‘zbek, qozoq, qoraqlpoq, tojik, rus, koreys va ko‘plab boshqa millat vakillari bir oila a’zolaridek yashab, yurtimiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Viloyatda 8 ta milliy madaniy markaz faoliyat yuritmoqda. Maktablarda o‘qitish 7 tilda yo‘lga qo‘yilgan.
Uchrashuvda qatnashgan turli millat va elat vakillari ularning o‘qib, ishlashi, madaniyatini saqlashi uchun keng sharoit yaratilganini ta’kidlashdi. O‘zlari, farzandlari erishayotgan muvaffaqiyatlarni so‘zlab berishdi. Madaniy markazlar uchun binolar ajratilgani, 30-iyul mamlakatimizda Xalqlar do‘stligi kuni etib belgilangani qayd etildi.
- Bugun saylovchilar bilan uchrashuvda bu qutlug‘ bayramni kelgusi yili Navoiy viloyatida katta tantana bilan nishonlash taklifini bildirdim, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Shuningdek, 2022-yilda Navoiyda ko‘p millatli xalqimiz birligining ramzi sifatida Do‘stlik bog‘ini barpo etishni rejalashtirganmiz.
Prezident yurtimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, turli diniy konfessiyalar uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan siyosat izchil davom ettirilishini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbari shu bilan Navoiy viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
O'xshash yangiliklar
-
Istiqbolli rejalar - oliy maqsadlar ro‘yobiga xizmat qiladi
22.10.2021, 19:03
-
Fransiyalik xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv
22.10.2021, 18:59
-
Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashdi
21.10.2021, 16:14
-
O’zLiDeP tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun brifing tashkil qilindi
20.10.2021, 17:03
-
Toshkentlik saylovchilar bilan ochiq muloqot bo‘ldi
19.10.2021, 16:44
Fikringizni qoldiring