Ishonchli vakil asakalik saylovchilarga saylovoldi dasturning mazmun-mohiyatini tushuntirdi
14.10.2021, 19:40

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyati bo‘yicha ishonchli vakili O’ktamjon Axunovning Asaka tumani saylovchilari bilan uchrashuvi 11-son musiqa va san’at maktabida tashkil etildi.
Tuman nuroniylari, xotin-qizlari, yoshlari vakillari ishtirok etgan mazkur uchrashuv avvalida O’zLiDeP viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova hamda partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’uli Samidillo Mahmudovlar mamlakatimiz ertasini belgilovchi siyosiy muhim kunga sanoqli pallalar qolganini, bu mas’uliyat kelajakka tamal toshi qo‘yishga zamin bo‘lishini alohida ta’kidladilar.
Ishonchli vakil so‘nggi besh yilda amalga oshirilgan izchil islohotlar samarasi bevosita va bilvosita Shavkat Mirziyoyev nomi bilan chambarchas bog‘liq ekanligini e’tirof etarkan, “...nomzodning shu kunga qadar bo‘lgan hayoti va faoliyatini aytib o‘tmaslik mumkin emas”, deya batafsil ma’lumot berdi.
Partiya nomzodi ilgari surayotgan yangi O’zbekiston strategiyasida inson qadr-qimmati, huquq va erkinliklari himoyasi, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy siyosat, ta’lim, so‘z erkinligi, xavfsizlikni ta’minlash masalalari ustuvor vazifalar sifatida ko‘rsatib o‘tilgani, saylovoldi dastur esa mazkur yo‘nalishlarni amalga oshirishda dasturilamal bo‘lishini sodda va ravon usulda tushuntirdi.
So‘z olganlar orasida mehnat faxriysi “Nuroniylar” jamiyati tuman bo‘limi raisi Rahmatjon Mavlonboyev, yoshlar vakili 31-maktabgacha ta’lim muassasi tarbiyachisi 20 yoshli Gulbahor Mamadaliyeva, xotin-qizlar vakili Muqaddasxon Abdullayevalar keyingi yillardagi yangilanishlar hayotlarida ham tub burilish yasaganini, “Davlat – insonlar uchun” degan tamoyil asosida yaratilgan imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini va bu islohotlarning tashabbuskori, shubhasiz, Shavkat Mirziyoyev ekanligini, bu esa yurt kelajagini shu nomzod bilan ko‘rayotganlari ifodasi ekanini qat’iy ta’kidladilar.
O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Istiqbolli rejalar - oliy maqsadlar ro‘yobiga xizmat qiladi
22.10.2021, 19:03
-
Fransiyalik xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv
22.10.2021, 18:59
-
Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashdi
21.10.2021, 16:14
-
O’zLiDeP tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun brifing tashkil qilindi
20.10.2021, 17:03
-
Toshkentlik saylovchilar bilan ochiq muloqot bo‘ldi
19.10.2021, 16:44
Fikringizni qoldiring