Yangi O’zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti!

14.10.2021, 19:47

Yangi O’zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O’zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva Toshkent tumani hududida joylashgan “Bahor Gullari” bog‘ markazida ham bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, 1992 yilda tashkil qilingan “Bahor Gullari” bog‘ markazida bugungi kunda 80 nafar ishchi-xodim mehnat qiladi. Landshaft dizaynini yaratishda boy tajribaga ega kompaniya yurtimizga Italiya, Gollandiya, Belgiya, Polshadan dekarativ o‘simliklarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva markazda faoliyat yurituvchi ishchi-xodimlardan iborat saylovchilar bilan muloqotda bugun respublika hududlarida gulchilik va ko‘chatchilikni rivojlantirish, mahalliy va xorijiy gul navlarini parvarishlash, aholi o‘rtasida gulchilik san’ati sir-asrorlarini ommalashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida amalga oshirilgan islohotlar ko‘lami haqida fikr yuritdi.

Sohani rivojlantirishda qabul qilingan Qaror va uning doirasida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” buning yaqqol dalili ekanini qayd etdi.

Partiya nomzodining saylovoldi dasturi mazmun-mohiyatini targ‘ib qildi. Jumladan, dasturning “Faol tadbirkorlik va manzilli moliyaviy ko‘mak vositasida kambag‘allikni qisqartirish” hamda  “Qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish – islohotlarimiz talabi” nomli bandlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berdi.

Unga ko‘ra, ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan agroxizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish rejalashtirilayotgani, hududlarda agrosanoat korxonalarini xomashyo bilan ta’minlash va ishlab chiqarish hajmini 1,5 barobar oshirish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinishini ma’lum qildi.

Yurtimizda agrologistika markazlari va zamonaviy laboratoriyalar soni ko‘paytirilib, urug‘chilik, ko‘chat yetishtirish va chorva mollari zotlarini yaxshilash bo‘yicha milliy dastur amalga oshirilishini bildirdi.

Ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva saylovchilarni xalqchil va insonparvar, shu bilan birga raqobatbardosh mahsulotlar yurti bo‘lgan Yangi O’zbekiston bunyodkori Shavkat Mirziyovga ovoz berishga chorladi.

Zuxro Mirzohamdamova,

 O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    351
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+