Tashviqot tadbirlari davomida saylovchilar muammolari bartaraf etilmoqda

14.10.2021, 20:01

Tashviqot tadbirlari davomida saylovchilar muammolari bartaraf etilmoqda

Shahrixon tumani, “Beshariq” mahallasida istiqomat qiluvchi Iskandar Bobojonovning surunkali kasallikka chalinganiga ancha bo‘lgan. Yetmish yoshdan oshgan otaxonning oilaviy sharoiti amaliy ko‘makka muhtoj. Xastaligi statsionar davolanishni talab qilmoqda. Biroq imkoniyati yetmayapti.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odinaxon Otaxonova tomonidan mazkur hududda olib borilgan saylovoldi tashviqot tadbirlari davomida I.Bobojonovning muammosi bartaraf etildi. Saylovchining viloyat shifoxononasida davolanishi uchun bepul yo‘llanma olindi.

Deputatning xonadonlardagi tashviqot tadbirlari davom etarkan, tabiiyki, yechim kutayotgan masalalarga ham javob topib borildi. Jumladan, tumanning “O’zbekiston” mahallasi “Namuna” ko‘chasi 5-xonadondagi samimiy suhbat orasida oila sohibi Rayimjon Normatovning tibbiy ko‘makka muhtojligi ayon bo‘ldi. O’tgan besh yildagi islohotlar hamda saylovoldi dasturning bosh maqsadi inson omilini oliy maqomga ko‘tarish, inson qadri uchun, inson salomatligi uchun, inson xavfsizligi uchun degan tamoyilni bosh maqsad qilgan nomzod tashviqotida charchamayotgan deputat shu kunning o‘zida fuqaroni viloyat onkologik kasalliklar dispanserida statsionar davolanishga yubordi.

Xalq noibi shahrixonlik saylovchilar bilan tashviqot tadbirlari davomida vakolati doirasida xalq ichiga chuqurroq kirishga, saylovoldi dastur afzalliklarini teranroq tushuntirishga harakat qilmoqda.

Zilola Rahmonova,

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati rahbari

  • Ko'rildi
    680
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+