Ishonchli vakil payariqlik saylovchilar bilan uchrashdi

14.10.2021, 20:03

Ishonchli vakil payariqlik saylovchilar bilan uchrashdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatidagi Ishonchli vakili Rustam Xolmurodov  Payariq tumanidagi saylovchilar bilan uchrashdi.

Unda tumanning faol ayollari, nuroniylar, yoshlar va mahalla tizimi vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda  Ishonchli vakil so‘zga  chiqib, nomzodning o‘tgan 5 yilda mamlakatimizda talim tibbiyot, qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar bugun chekka-chekka hududlarda yashovchi yurtdoshlarimiz hayotida ham o‘z aksini topayotganligini qayd etdi.

Ayniqsa, mahalla tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, aholi murojaatlari bilan ishlashda yangicha tizimining joriy etilishi va halqni rozi qilish tamoyilining shakllanishi davlatni rivojlantirishda yangicha yondoshuv ekanligi e’tirof etildi.  Payariq tumanidagi o‘zgarishlar kecha va bugun  misolida tahlil qilinib, Yangi O’zbekiston bunyodkori Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashga da’vat etildi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar, O’zbekistondagi bugungi o‘zgarishlar, yangilanishlar, so‘nggi besh yilda amalga oshirilgan islohotlar bilan bog‘liqligini ta’kidlashdi. O’tgan qisqa vaqt ichida chekka-chekka hududlarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida qishloqlar jamoli o‘zgacha qiyofa kasb etayotganligi, elektr-energiyasi, ichimlik suvi muammolari hal etilib, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ishchi o‘rinlari yaratilayotganligi alohida e’tirof etildi. Nomzodning Samarqand viloyatini ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha keyingi 5 yilga mo‘ljallangan saylovoldi dasturiga binoan kelgusi yildan Payariq  tumani aholisi uchun jamoat transporti qatnovi yo‘lga qo‘yilishi fuqarolarni mamnun etganligini ta’kidladi.

Tadbirda so‘z olganlar bugun odamlarning dunyoqarashi, hayotga bo‘lgan munosabati o‘zgarayotganligini ta’kidlar ekan, Yangi O’zbekistonni qurish, inson farovonligi, xavfsizligi, qadri uchun Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishlarini bildirishdi.

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    256
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+