Deputatlar saylov jarayonlarida faol
14.10.2021, 20:10

Yana sanoqli kunlardan keyin mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Shu kunlarda ushbu jarayon o‘zining qizg‘in pallasida. Ushbu jarayonga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ham o‘z faolligini ko‘rsatishyapti.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Hazratqul Xo‘jamqulov Sherobod tumanidagi saylov uchastkalarida bo‘lib, tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
Tumandagi mavjud saylov uchastkalarida barcha tayyorgarlik jarayonlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, partiya nomzodlarining targ‘ibot vositalari bilan ta’minlangan.
Deputat saylov komissiyalari raislari bilan muloqat qilib, ularga saylovga oid kerakli tavsiya va tushunchalarni berdi.
So‘ngra saylov uchastkalarga biriktirilgan mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari, nuroniylr, yoshlar bilan muloqot qildi. Saylov jarayonlari bilan bog‘liq savollariga javoblar olishdi.
O'xshash yangiliklar
-
Partiya yetakchisi Toshkent viloyatida bo‘lib, fermerlarning muammo va takliflari bilan qiziqdi
20.05.2022, 11:42
-
Tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash orqali inson qadri yanada ulug‘lanadi
18.05.2022, 14:51
-
Birja savdolarida erkin raqobat shakllansa, “yashirin iqtisodiyot” va korrupsiyaning “payi” qirqiladi
18.05.2022, 14:13
-
Qo‘shma majlis yakunlari bo‘yicha O'zLiDeP fraksiyasi rahbari A.Xaitov brifing o‘tkazdi
17.05.2022, 12:23
-
Qo‘shma yig‘ilishda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish masalasi muhokama qilindi
17.05.2022, 12:07
Fikringizni qoldiring