Inson qadrini yuksaltirish – oliy maqsadimiz!

14.10.2021, 20:14

Inson qadrini yuksaltirish – oliy maqsadimiz!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O’zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva Toshkent tumani Madaniyat saroyida faollar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilbar Usmonova, mahalliy Kengashdagi partiya deputatlari, aholi hamda xayrixoh yoshlar vakillari bilan saylovoldi tashviqot tadbirlarini amalga oshirdi.

Ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturida vatanimizni yanada ravnaq toptirishga, xalqimiz salohiyatini to‘laroq ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan maqsadlar, vazifalar ilgari surilgani haqida ma’ruza qildi.

Bu vazifalar nihoyatda keng qamrovli bo‘lib, davlatimiz, jamiyatimizning barcha jabhalariga taalluqli ekanini qayd etdi.

Ulardan ko‘zlangan pirovard maqsad – O’zbekistonda inson qadrini yanada yuksaltirish, xalqimiz turmushi farovonligini bundan-da oshirish, “davlat – insonlar uchun” degan xalqchil g‘oyani to‘la amalga tatbiq qilishdan iboratligini alohida ta’kidladi.

Ishonchli vakil Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi va uning doirasida kelgusi besh yillik uchun ishlab chiqilgan Yangi O’zbekiston strategiyasi mazmun-mohiyatini keng yoritib berdi.

Uchrashuvda so‘z olgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilbar Usmonova so‘nggi besh yilda har sohada judayam katta yutuqlarga erishilgani borasida fikr yuritdi. Qo‘lga kiritilgan yutuqlarning bari Shavkat Mirziyoyev sa’y-harakatlari natijasi ekanini qayd etdi. Hammani el-yurtni Yangi O’zbekiston qurish yo‘lida jipslashtira oladigan munosib nomzod Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chorladi. 

 Saylovoldi tashviqotlari doirasida “Inson qadri uchun” shiori ostida o‘tkazilgan ommaviy targ‘ibot tadbiri Toshkent tuman Madaniyat saroyida tashkil etildi.

Tadbirda yurtimizda keyingi besh yilda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi bugun shaharlarimizda, uzoq qishloqlarimizda, hayotimizning barcha jabhalarida bo‘y ko‘rsatayotgani alohida e’tirof etildi.

Ommaviy tadbirning badiiy qismida tuman Madaniyat saroyi xodimlari tomonidan taqdim etilgan konsert dasturi namoyish etildi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    868
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+