Vakolatli vakil va kuzatuvchi siyosiy o‘quvlarda chiniqadi

14.10.2021, 20:16

Vakolatli vakil va kuzatuvchi siyosiy o‘quvlarda chiniqadi

Shu kunlarda tobora yaqinlashib borayotgan O’zbekiston Prezidenti saylovini munosib o‘tkazishga qaratilgan turli targ‘ibot-tashviqot tadbirlari ko‘tarinki ruh hamda qizg‘in muloqotlarga boy tarzda o‘tmoqda. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan “Saylov jarayonini sifatli tashkil etishda kuzatuvchilar va vakolatli vakillar bilan samarali ishlashning ustuvorliklari” mavzusidagi siyosiy o‘quv ana shu ishlarning uzviy davomi bo‘ldi.

O‘zLiDePning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi bilan hamkorlikda “ZOOM” platformasi orqali onlayn, shuning barobarida, ishtirokchilar yuzma-yuz fikr almashgan tadbirda deputatlar, olim va ekspertlar, saylov jarayonida ishtirok etadigan partiya kuzatuvchilari va vakolatli vakillar qatnashdi.

Unda mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lida o‘z oldiga buyuk maqsadni qo‘ygan Yangi O’zbekistonda Prezident saylovi bu yil yangi milliy saylov qonunchiligi, umume’tirof etilgan xalqaro standartlar, demokratik tamoyillar asosida va butunlay yangicha muhitda o‘tishi kutilayotgani alohida ta’kidlandi.

Tadbir jarayonida “Saylov huquqi va saylov jarayonining tashkiliy-huquqiy asoslari”, “Saylovlarni yuqori saviyada o‘tkazish jarayoni va uning o‘ziga xos xususiyatlari”, “Xalqaro saylov standartlari va milliy qonunchilik”, “Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari faoliyatining o‘ziga xos jihatlari”, “Siyosiy partiyaning kuzatuvchilari va vakolatli vakillari: huquqlari, majburiyatlari va ular faoliyatining alohida xususiyatlari” kabi qator mavzularda mutasaddi vakillarning ma’ruzalari, targ‘ibot-taqdimot materiallari hamda bo‘lajak saylov jarayonida o‘zaro hamkorlik qilish rejalari eshitildi, keng muhokama qilindi.

Nuriddin UBAYDULLAYEV,

XXI asr” muxbiri

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    440
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+