Yangi O’zbekistonning haqiqiy bunyodkorlarini kamolga yetkazamiz!

14.10.2021, 20:19

Yangi O’zbekistonning haqiqiy bunyodkorlarini kamolga yetkazamiz!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O’zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva Toshkent tumani “Universal” sport majmuasida tashviqot tadbirlarini olib bordi.

Ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva 2020 yilda qurib, foydalanishga topshirilgan Bolalar va o‘smirlar sport maktabiga qarashli majmua faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda 1538 nafar o‘quvchi-yoshlar 8 ta olimpiya, 4 ta milliy hamda 2 ta aralash sport turlari bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lishlarining guvohi bo‘ldi.

Majmuada jam bo‘lgan mahalliy aholi, murabbiylar hamda nomzodga xayrixoh yoshlar vakillari bilan kechgan uchrashuvda so‘nggi besh yilda yurtimizda sportga berilgan e’tibor, erishilgan yutuqlar ko‘lami, bolalar sportini rivojlantirish, uni davlat siyosati darajasiga ko‘tarish maqsadida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z bordi.

Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturi mazmun-mohiyatini targ‘ib qilarkan, “Sifatli ta’lim – inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili” nomli bandiga alohida to‘xtaldi.

Unga ko‘ra, ta’lim-tarbiya va sport sohasida Yangi O’zbekistonning haqiqiy bunyodkorlarini kamolga yetkazishga xizmat qiluvchi izchil islohotlar davom ettirilishini ta’kidladi.

Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha har ikki yilda o‘tkaziladigan umumrespublika sport o‘yinlari – Milliy olimpiada tizimi joriy etilishini ma’lum qildi.

Uchrashuvda so‘z olgan sportning dzyu-do turi bo‘yicha murabbiy Fayzullo Raximov, badiiy gimnastika bo‘yicha sport murabbiysi Feruza Ergashevalar shogirdlarining qo‘lga kiritayotgan yutuqlari zamirida mamlakatda bolalar sportiga berilgan e’tibor yotganini qayd etishdi. Sohada yuz bergan yangilanishlarning bari Shavkat Mirziyoyev nomi va faoliyati bilan chambarchas bog‘liqligini alohida e’tirof etishdi. O’z saylovoldi dasturida sport sohasida izchil islohotlarni davom ettirishni belgilagan Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishlarini bildirishdi.

Ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva saylovchilarni xalqchil va insonparvar rahbar, Yangi O’zbekistonda har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalashdek oliyjanob g‘oya tashabbuskori bo‘lgan munosib nomzod Shavkat Mirziyovga ovoz berishga chorladi.

Zuxro Mirzohamdamova,

 O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot xizmati

 

Teglar
  • Ko'rildi
    435
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+