Ishonchli vakil Xalq ta’limi bosh boshqarmasi xodimlari bilan uchrashdi

14.10.2021, 20:20

Ishonchli vakil Xalq ta’limi bosh boshqarmasi xodimlari bilan uchrashdi

O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili Rustam Kalanov Toshkent shahridagi Xalq ta’limi bosh boshqarmasi xodimlari bilan uchrashdi.

Ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturidagi ustuvor yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, yangi maktablar qurish, xususiy maktablarni ko‘paytirish va ta’lim sifatini oshirishni nazarda tutuvchi Maktablarni rivojlantirish davlat dasturini joriy etish orqali xalq ta’limi tizimida qo‘shimcha 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratiladi. 2026 yilga qadar o‘quv dasturlari va darsliklar ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ishlanib, amalda joriy etiladi. Yoshlarning intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Ishonchli vakil boshqa sohalar bo‘yicha ham qilinadigan ishlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi va ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga aniq, javoblar qaytardi.

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    245
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+