Ishonchli vakil chortoqliklar bilan uchrashdi

14.10.2021, 20:21

Ishonchli vakil chortoqliklar bilan uchrashdi

Chortoq tumanida Sulton Uvays Qaroniy majmuasida tashkillangan uchrashuv ham qizg‘in tusda o‘tdi. Uchrashuvda nomzodning ishonli vakili ham ishtirok etdi.

Suhbat asnosida diniy qadriyatlarga katta ahamiyat berilayotgani, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi xalqaro markazi, Islom akademiyasi tashkil etilgani, Imom Buxoriy hamda Imom Termiziy ilmiy-ma’rifiy markazlarining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati, Chortoqda turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof etildi.

Ishtirokchilar saylovda faol bo‘lib, Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturini qo‘llab-quvvatlashlarini aytdilar.

  • Ko'rildi
    209
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+