Ishonchli vakil sho‘rchilik nuroniylar, aholi vakillari bilan uchrashdi
14.10.2021, 20:22

Surxondaryo viloyati bo‘yicha ishonchli vakilning navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuvi Sho‘rchi tumanidagi Bobur mahallasidan boshlandi.
Sho‘rchi tumani viloyatdagi aholisi ko‘p, katta tumanlardan biri. Nomzodimizning dasturidan o‘rin olgan Surxondaryo viloyati bo‘yicha amalga oshiriladigan katta loyihalarning bir qismi Sho‘rchi tumaniga ham tegishlidir. Chunki mazkur hududda ham ichimlik suvi deysizmi, yo‘lmi va yoki boshqa yo‘nalishlarda bo‘ladimi o‘ziga yarasha muammolar yo‘q emas. Ularni bartaraf etishda, aholining yashash sharoiti yaxshilanishi uchun ham Sh.Mirziyoyev nomzodini tanlash kerakligi ta’kidlandi. Negaki, partiyamiz nomzodi dasturidagi ko‘rsatilgan barcha islohotlarning zamirida birgina narsa - inson qadri yotibdi.
- O’tgan besh yil davomida yurtimizda ko‘plab sohalarda o‘zgarishlar bo‘ldi. Ayniqsa, qo‘shni davlatlar bilan aloqalarning yaxshilangani o‘zga yurtda qarindosh-urug‘i, quda-andasi bor insonlar uchun qulaylik yaratdi. Qachonlardir odamlar uchun yopilgan chegaralar ochildi.
Bugun O’zbekistonni dunyo tanib bormoqda. Vaholanki, ularga erishish oson bo‘lgani yo‘q. To‘g‘ri yuritilgan siyosat tufayligina bunga erishdik. Biz sho‘rchiliklar, albatta, yurtni ana shu darajaga erishishiga yo‘lboshchilik qilgan inson - Sh.Mirziyoyev nomzodiga ovoz beramiz, - deydi "Shaldiroq" mahallasi faoli Jo‘ra Eshmo‘minov.
Ishonchli vakil Sho‘rchi tumandigi "Bo‘ston" mahallasida istiqomat qiluvchi O’sar Yusupovning xonadonida bo‘ldi. Bugun 88 yoshni qarshilagan nuroniy mahallaning oqsoqollaridan. U kishi ham saylovlarda oila a’zolari, mahalladoshlarini Sh.Mirziyoyev nomzodiga ovoz berishga chaqirishlarini aytdi. Suhbat so‘ngida bizni xayrli duolar bilan kuzatdi.
Sho‘rchi tumanidagi "Xayrobod" mahallasidagi oqosoqollardan biri Xudoyberdi Karimovni ham hududdagi kattayu kichik yaxshi taniydi. Xayrli ishlarda u kishining maslahatlariga suyanishadi. Nuroniyning xonadonida bo‘lib, endi muhim siyosiy jarayonlarda ham ko‘pchilikka bosh bo‘lib, targ‘ibotchi bo‘lishlarini so‘radik. Taklifimizni bajonidil qabul qilgan otaxon saylovda keksalarni ardoqlab, ularga yaxshi sharoit va imkoniyat yaratayotgan inson - Sh.Mirziyoyevga ovoz berishlarini aytdilar.
Biz ham otaxonga kuch-quvvat va bardamlik tilab, ortimizga qaytdik. Shunday nuroniylarimiz-duogo‘ylarimizning boriga shukr!
O’zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Istiqbolli rejalar - oliy maqsadlar ro‘yobiga xizmat qiladi
22.10.2021, 19:03
-
Fransiyalik xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv
22.10.2021, 18:59
-
Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashdi
21.10.2021, 16:14
-
O’zLiDeP tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun brifing tashkil qilindi
20.10.2021, 17:03
-
Toshkentlik saylovchilar bilan ochiq muloqot bo‘ldi
19.10.2021, 16:44
Fikringizni qoldiring