Ishonchli vakil yunusobodlik saylovchilar bilan muloqot qildi

14.10.2021, 20:23

Ishonchli vakil yunusobodlik saylovchilar bilan muloqot qildi

O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili Rustam Kalanov Xalqaro biznes markazi (ITS) anjumanlar zalida Yunusobod tumani saylovchilari bilan uchrashdi.

Ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturidagi ustuvor yo‘nalishlarni ishtirokchilarga yetkazdi. Jumladan, 2030 yilga borib, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming dollardan oshirib, daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiradi. Kelgusi besh yilda sanoat mahsulotlari hajmini 1,4 barobar, mehnat unumdorligini esa kamida 2 marta oshiriladi. 2026 yilga borib, xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 67 foizdan 80 foizga, eksport hajmida esa 32 foizdan 60 foizga o‘sishi ta’minlanadi. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida hududlarning “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqib, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari qurilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Endilikda shahar va tumanlarda iqtisodiy kompleks tarkibiga kiradigan barcha idoralarning bosh vazifasi “mahallabay” ishlash asosida kambag‘allikni qisqartirish va ishsizlikni bartaraf etish hisoblanadi. 2026 yil yakunigacha kambag‘allikni kamida 2 barobar qisqartiriladi.

Ishonchli vakil shu va boshqa sohalar bo‘yicha ham qilinadigan ishlar to‘g‘risida gapirib, ushbu rejalar inson qadri uchun, uning ertangi farovon hayoti uchun qilinayotganligini alohida e’tirof etdi. Ishonchli vakil ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga aniq, javoblar qaytardi.

Teglar
  • Ko'rildi
    259
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+