Ishonchli vakilning talabalar bilan uchrashuvi yoshlarga oid islohotlardan rozilikni o‘zida namoyon etdi

15.10.2021, 16:42

Ishonchli vakilning talabalar bilan uchrashuvi yoshlarga oid islohotlardan rozilikni o‘zida namoyon etdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyati bo‘yicha ishonchli vakili O’ktamjon Axunov Andijon davlat universiteti pedagog va talabalari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O’zLiDeP viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova, partiya Siyosiy Kengashi ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimi Samidillo Mahmudov, partiya deputati Muhabbatxon Yuldashevalar ishtirok etdilar.

Ishonchli vakil uchrashuvi avvalida talabalar bilan samimiy suhbatlashdi. Yigit-qizlarning so‘nggi besh yilda yoshlarga yaratilgan olamshumul imkoniyatlar to‘g‘risida to‘lib-toshib gapirganlari, o‘z hayotlari misolida erishgan yutuqlari, ulkan marralari xususidagi e’tiroflaridan so‘ng ayni shart-sharoitlarni yaratishda tashabbus ko‘rsatgan nomzodning hayot va faoliyati batafsil tushuntirildi.

-Sizlar uchun yaratilgan barcha qulayliklar yangi O’zbekistonni bunyod qilishda Sizlarga tayanch ekanligi haqiqatdir, - dedi jumladan ishonchli vakil o‘z nutqi davomida. – Bugun hurmatli nomzodimiz ilgari surayotgan yangi O’zbekiston strategiyasi kechagi Siz aziz yoshlarning har tomonlama barkamol, yetuk, salohiyatli bo‘lib kamol topishingizda muhim ahamiyat kasb etgan Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomidir.

Saylovoldi dasturning ustuvor yo‘nalishlarida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar ijrosi samarasi inson qadri, manfaatlari, xavfsizligi, salomatligi, kelajagi uchun xizmat qilishi qayd etildi.

Muyassarxon Umurzaqova,

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
  • Ko'rildi
    256
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+