Ishonchli vakil marhamatlik saylovchilar bilan uchrashdi

15.10.2021, 16:44

Ishonchli vakil marhamatlik saylovchilar bilan uchrashdi

Marhamat tumani saylovchilari bilan uchrashuvda dastlab O’zLiDeP viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova tomonidan nomzodning so‘nggi besh yilda amalga oshirilgan ezgu islohotlar tashabbuskori sifatida olib borgan faoliyati xususida fikr yuritildi.

Mamlakatimizda, jumladan, Andijon viloyatida keyingi yillarda yuz ochgan ulkan bunyodkorlik ishlar, keng ko‘lamli o‘zgarishlar aks etgan videorolik namoyishidan so‘ng so‘z olganlar erishilgan yutuqlar to‘g‘risida to‘lqinlanib gapirdilar.

Shuningdek, saylovoldi dasturga muvofiq, kelgusi besh yilda aholini. ayniqsa, ayollar va yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish, ehtiyojmand fuqarolar bilan manzilli ish tashkil qilish, bir so‘z bilan aytganda, inson manfaatlari, qadri uchun faoliyat olib borish nazarda tutilganini qayd etdi.

Uchrashuvda so‘z olgan yoshlar vakili Gulbahor Turdimatova nomzodning ta’lim tizimida o‘tgan besh yil davomida amalga oshirgan islohotlarini faoliyati misolida ta’kidlarkan, “Shavkat Mirziyoyevning andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvda, ayniqsa,“O’qituvchining oyligi ming dollarga ko‘tariladi” degan e’tirofidan kuch oldik, bu bizning yanada fidoyilik bilan mehnat qilishimizda ulkan motivatsiya bo‘ldi. Demak, pedagogning mehnatlari hamisha rag‘bat topadi”.

Samimiy suhbatga aylangan uchrashuvda saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    224
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+