“Xalq orasida kambag‘allik qisqarishi uchun tashabbuslarni ilgari surayotgan nomzodga ovoz beraman!”

15.10.2021, 16:45

“Xalq orasida kambag‘allik qisqarishi uchun tashabbuslarni ilgari surayotgan nomzodga ovoz beraman!”

Paxtaobod tumanida ayni kunda 300 nafarga yaqin fermerlar faoliyat yuritmoqda. O’tgan besh yil fermerlar hayotida ulkan o‘zgarishlar pallasi bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligi sohasida klaster taraqqiy topdi. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari daromad ortishiga, eksport imkoniyatlari kengayishiga xizmat qildi.

Mana shu imkoniyatlar e’tirofidan boshlangan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyovning Andijon viloyati bo‘yicha vakilining paxtaobodlik fermer va tadbirkorlar bilan uchrashuvida O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi apparat rahbari Hojimuhammad Xasanxonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Javlonbek Ergashevlar ishtirok etdilar. O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimi Samidillo Mahmudovning nomzod mamlakatga rahbarlik qilgan yillarida yaratilgan shart-sharoitlar, olib tashlangan ayrim cheklovlar to‘g‘risidagi haqiqatlari hayotidagi o‘zgarishlar bilan aytilgan fikrlaridan so‘ng saylovchilar so‘z oldilar.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Javlonbek Ergashev kecha va bugunni islohotlar misolida qiyoslarkan, yosh bo‘lishiga qaramay, erishgan yutuqlarini bevosita nomzod tashabbuslari, e’tiborlari bilan bog‘ladi.

Ziyoda Umarjonovna asli hunarmand. So‘nggi besh yilda olib borilgan islohotlardan rozi. Sababini yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, shu yillarda barpo qilgan 300 o‘rinli “Dono bolajon quvonchi” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasi faoliyati bilan bog‘laydi. Bundan tashqari, o‘zi istiqomat qilayotgan “Uyg‘ur” mahallasida “Ayollar” daftarida ro‘yxatda turuvchi xotin-qizlarga tadbirkorliklarini, tomorqachilikni yo‘lga qo‘yishlarida ko‘maklashdi. Xususan, ayni kunga qadar 5 nafar ayollarga oilaviy bog‘cha tashkil qilishda barcha zaruriy amaliy yordamlarini berib, “Ayollar” daftari ro‘yxatidan chiqarilishiga erishdi. Ishbilarmon ayol o‘z so‘zida jumladan shunday dedi: “Biz tadbirkorlar aynan mana shunday mahalladoshlarimizni safimizga qo‘shayotganimizdan xursandmiz. Chunki men to‘q bo‘lib, qo‘shnim och bo‘lsa, bu – adolatsizlik men uchun. Shavkat Mirziyoyev o‘z islohotlari, tashabbuslari bilan shu adolatsizlikka chek qo‘ydi!”

Tuman fermerlari vakillari ham agrar sohada erishgan marralarini, eksport salohiyati ortganini, o‘z mahsulotiga o‘zi egalik qilish imkoni daromad ko‘lami kengayganini faxr bilan tilga oldilar.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    37
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+