Jazoni o‘tash muassasasida “Yangi O’zbekiston strategiyasi” kitobining targ‘iboti bo‘lib o‘tdi
15.10.2021, 17:06

Navoiy shahridagi 11-sonli Jazoni ijro etish koloniyasida O’zLiDeP Navoiy viloyati hududiy partiya tashkiloti vakillari tomonidan Sh.Mirziyoyevning “Yangi O’zbekiston strategiyasi” asarining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Muassasa rahbariyati tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda mamlakatimiz hayotida bugungi kunda ro‘y berayotgan olamshumul siyosiy jarayonlar, shu bilan bir qatorda jinoiy javobgarlik yuzasidan ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar uchun ham yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z bordi.
O’zLiDeP Navoiy viloyat hududiy partiya tashkiloti apparat rahbari M.Eshniyozov “Yangi O’zbekiston” strategiyasi asari haqida gapirib, asarning yurtimiz, millatimiz uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida gapirdi.
-Bu asar O’zbekistonni yorqin kunlarga yetkazguvchi bir kuch bo‘lishi, shubhasizdir. “Yangi O’zbekiston strategiyasi” kelgusi besh yillikdagi dorilomon hayotimiz solnomasi bo‘lib, mamlakatimizda boshlangan ulkan ishlarning bardavomligini belgilaydi, - dedi M.Eshniyozov.
Shundan so‘ng Jazoni ijro etish koloniyasida mahkumlarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘z bordi. Ayniqsa, hafta kunlarining mahkumlar uchun rejali atamasi tadbiq qilinganligi partiya vakillarining e’tiborini tortdi. Bu yerda haftaning har bir kuni ma’lum bir sohaga yo‘naltirilgan bo‘lib, payshanba kuni tadbirkorlik to‘g‘risida analitik davra suhbatlari o‘tkazilishi, ma’ruzalar tashkil etilishi tadbir mehmonlarini quvontirdi.
Pirovardida Prezidentlikka nomzod Sh.Mirziyoyevning saylovoldi dasturi haqida ham to‘xtalinib, dasturning mazmun mohiyati tinglovchilarga yetkazib berildi.
M.Pirnafasova,
O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi
matbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Istiqbolli rejalar - oliy maqsadlar ro‘yobiga xizmat qiladi
22.10.2021, 19:03
-
Fransiyalik xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv
22.10.2021, 18:59
-
Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashdi
21.10.2021, 16:14
-
O’zLiDeP tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun brifing tashkil qilindi
20.10.2021, 17:03
-
Toshkentlik saylovchilar bilan ochiq muloqot bo‘ldi
19.10.2021, 16:44
Fikringizni qoldiring