Ishonchli vakil Poplik saylovchilar bilan muloqot qildi

15.10.2021, 17:08

Ishonchli vakil Poplik saylovchilar bilan muloqot qildi

O’zLiDePdan  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzod  Shavkat  Mirziyoyevning Namangandagi vakili Ikromxon Najmiddinovning navbatdagi uchrashuvi Pop tumani Sang qishlog‘idagi 10 - davlat ixtisoslashlashtirilgan umumta’lim maktabi zalida bo‘ldi.

Ishonchli vakil nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirgach, o‘tgan besh yil ichida amalga oshirilgan ishlar, xususan, Namangan viloyati,  Pop tumanida qishloq va mahallalarni obodonlashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qilingan ishlarga e’tiborni qaratdi. Shuningdek, u kelgusi besh yilga mo‘ljallangan saylovoldi Dasturining eng muhim yo‘nalishlari, jumladan, Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida belgilangan ustuvor vazifalar, ajratilgan mablag‘lar, rejalashtirilgan loyihalar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Ayniqsa, viloyatda besh yilning ichida 400 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga alohida urg‘u berdi.

Muzokarada so‘z olgan mehnat faxriysi Kamolxon Isaxonov, shu maktab direktori Muhayyo Rayimjonovalar keksalarga yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim tizimidagi islohotlar va ularning ijobiy natijalarini e’tirof etgan holda saylovda partiyadan nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi Dasturini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdilar.

Teglar
  • Ko'rildi
    206
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+