Ishonchli vakil To‘raqo‘rg‘onda saylovchilar bilan uchrashdi

15.10.2021, 17:09

Ishonchli vakil To‘raqo‘rg‘onda saylovchilar bilan uchrashdi

To‘raqo‘rg‘on tumanidagi madaniyat saroyida tashkillangan uchrashuvga asosan mehnat faxriylari, xotin-qizlar, yoshlar vakillari taklif etildilar.

Bunda so‘z olgan mehnat faxriylari Olimjon Bozorov, Abdunazar Dehqonovlar nomzod Shavkat Mirziyoyevning Namaganliklarga, xususan, To‘raqo‘rg‘on ahliga alohida hurmat-ehtirom bilan qarashini,  ma’rifatparvar bobomiz Ishoqxon  Ibrat nomli ijod maktabi ochilganini, kelgusi besh yilda shu maktab negizida Tillar instituti, shuningdek, tumanda agrar universitetining filiali tashkil etilishi haqidagi tashabbuslarini, Ma’suda Begmatova esa tuman madaniyat saroyining ko‘rkam va zamonaviy tusda qayta ta’mirlanganligini, bugun bu koshonada katta-katta bayram tadbirlari, tantanali yig‘ilishlar o‘tkazilayotganini To‘raqo‘rg‘onliklar faxr-iftixor bilan tilga olishayotganliklarini ta’kidlashdi.

Ular  24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda O’zbekiston Respublikasi Prezidekntligiga nomzod, insonparvar, adolatparvar, uzoqni ko‘ra biladigan siyosatchi, Yangi O’zbekiston va Uchinchi Renessans poydevorini qurish tashabbuskori Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi Dasturini qo‘llab-quvvatlashlarini aytdilar va boshqalarni ham shunga da’vat etdilar.

Teglar
  • Ko'rildi
    200
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+