Ishonchli vakil oqdaryolik saylovchilar bilan uchrashdi

15.10.2021, 17:13

Ishonchli  vakil oqdaryolik saylovchilar bilan uchrashdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan  nomzod Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatidagi Ishonchli vakili Rustam Xolmurodov  Oqdaryo tumanida saylovchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O’zLiDeP  Samarqand viloyat  Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari- apparat rahbari Ilhom Botirov olib  bordi.

Tadbirda Ishonchli vakil so‘zga chiqib, keyingi yillarda mamlakatimizda sanoatning chekka-chekka qishloqlarga kirib borishi, hududlarga tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ishchi o‘rinlarining ko‘payishi, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” Davlat dasturi orqali qishloqlar jamolining o‘zgarishi Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilgan  oqilona siyosatning mahsuli ekanligini  e’tirof etdi.

-  Bugun tumanlarimizdagi, qishloqlarimizdagi o‘zgarishlarni  ko‘rib har qaysi yurtdoshimizning dili yayraydi. Yo‘llar, zamonaviy xizmat ko‘rsatish muassasalari, do‘konlar, bog‘chalar vahakazo. Bugun hatto qishloqlarda elektr-energiyasi ta’minoti bo‘yicha muammolar barham topdi. Keng ko‘lamli islohotlar bois, Oqdaryoga sanoat kirib keldi, ayni kunlarda oqdaryolik 1000 ga yaqin xotin-qizlar tikuvchilik fabrikalarida ishlayapti. O’tgan qisqa davr uchun bu juda katta natija. Shavkat Mirziyoyev keyingi 5 yillikka mo‘ljallangan dasturda ulkan rejalarni maqsad qilgan, - dedi R.Holmurodov.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar  mamlakatimizda keyingi yillarda  ta’lim, tibbiyot, qishloq ho‘jaligi, tadbirkorlik sohasida amalga oshirilgan islohotlardan mamnun ekanligini bildirar ekan, O’zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning dasturi O’zbekistonning jadal rivojlanishiga xizmat qilishini e’tirof etishdi va kelajak uchun, vatan ravnaqi, inson qadri, farovonligi, xavfsizligi uchun Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashini bildirdilar.

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    242
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+