Ishonchli vakilning pastdarg‘omlik saylovchilar bilan uchrashuvi ko‘tarinki ruhda o‘tdi

15.10.2021, 17:14

Ishonchli vakilning  pastdarg‘omlik saylovchilar bilan uchrashuvi ko‘tarinki ruhda o‘tdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan  nomzod Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyati bo‘yicha Ishonchli vakili Rustam Xolmurodovning Pastdarg‘om tumanida saylovchilar bilan uchrashuvi ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Unda mahalla, ta’lim, tibbiyot tizimi vakillari, kommunal sohasi faollari, nuroniylar  va yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda ishonchli vakil so‘zga chiqib, nomzodning siyosiy faoliyati haqida, o‘tgan 5 yilda mamlakatimizda Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta’lim, sanoat, iqtisodiyot, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi sohasi va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borgan islohotlari har bir yurtdoshlarimizning hayotida aks etayotganligini mamnuniyat bilan ta’kidladi. Tadbirda keyingi yillarda nomzodning qat’iy irodasi va yuksak tashkilotchilik salohiyati tufayli xalqni rozi qilish, kambag‘allikni kamaytirish vazifasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligini, ushbu muammoni yechishda o‘ziga xos yondashuv va ish uslublari shakllanganligini, “Temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari” asosida aniq reja va dasturlar ishlab chiqilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘mak ko‘rsatilayotganligi alohida e’tirf etildi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar, keyingi yillarda mamlakatimizda  ta’lim tizimiga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar bois Pastdarg‘omda maktabgacha ta’lim muasasalalari soni keskin ko‘payishi hisobiga bolalarni qamrab olish 80-90 foizga yetganligini, mahalla tizimiga berilayotgan e’tibor tufayli olis hududlardagi qishloqlarimizda yashash sifati yaxshilanayotganligi, tadbirkorlikka berilayotgan e’tibor bois chekka hududlarda ham ishchi o‘rinlari yaratilayotganligi tibbiyot tizimidagi islohotlar bois insonning qadri ulug‘lanayotganligini e’tirof etib,  inson qadri, Vatan ravnaqi va farzandlar, yurt kelajagi uchun  Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilishdi.

O’zLiDeP Samarqand  viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    214
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+