Ishonchli vakil Guliston shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan uchrashdi

15.10.2021, 17:17

Ishonchli vakil Guliston shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan uchrashdi

Obod va farovon yurtimizning ko‘cha va xiyobonlari hamisha insonlarning bahri dilini ochadigan maskanlarga tutashadi. Joylarning saranjom sarishtaligini saqlovchi, bizga tozalikni hamroh qiluvchi kasb egalari obodonlashtirish boshqarmasi xodimlaridir.

Ishonchli vakil P.Axmadjanova, O’zLiDeP viloyat Kengashi apparat rahbari Sh.Bozorboyeva, GulDU professori R.Maxmudovlar bu galgi uchrashuvni dildan suhbatga aylantirishdi. Obodonlashtirish boshqarmasida mehnat qilayotgan ayollar ham oila, ham ishni eplayotgan-ikkalasiga ham ayollik mehrini berib ishlayotgan xotin-qizlardan iboratligini ta’kidlashdi.

-Yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, xalqimizning ma’naviy dunyosini yanada yuksaltirish, kambag‘allikni qisqartirish va ehtiyojmand aholini muhofaza qilish nomzodimizning saylovoldi dasturlaridan o‘rin olgan yo‘nalishlardan, - dedi P.Axmadjanova.- Viloyatimizning ravnaqi va istiqboli uchun alohida berilayotgan e’tibor va imkoniyatlar uchun minnatdorligingizni bildirish uchun ham 24 oktabr kuni saylovchilik huquqingizni vijdonan ado etib, nomzodimizga ovoz berishingizga chorlayman.

Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar nomzodning dasturi yuzasidan fikr-mulohaza va istaklarini bildirdi.

B.Norjigitova,

O'zLiDeP Sirdaryo  viloyati Kengashi

 matbuot kotibi.

Teglar
  • Ko'rildi
    333
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+