Ishonchli vakil sirdaryolik talabalar bilan muloqot qildi

15.10.2021, 17:19

Ishonchli vakil sirdaryolik talabalar bilan muloqot qildi

Yoshlar bilan uchrashuv hamisha alohida tayyorgarlikni talab qiladi. Chunki ulardanda qiziquvchan, ulardanda hozirjavob yo‘q. Ishonchli vakil Pokiza Axmadjonova va O’zLiDeP viloyat Kengashi apparat rahbari Shohista Bozorboyevaning bu galgi uchrashuvni Oqoltin gidromelioratsiya  texnikumida tashkil etgani ham bejiz emas. Bu o‘quv maskani yillar davomida birnecha bor nomini o‘zgartirgan bo‘lsada, viloyatimiz uchun kerakli va zarur mutaxassislarni yetkazib berishda bir paytlar Respublika miqiyosida ham e’tirof etilgan  texnika bilim yurti bo‘lgan. Bugungi kunda ham Oqoltin gidromelioratsiya texnikumi yoshlarni qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlari uchun yetuk kadrlar tayyorlashdek majburiyatni mas’uliyat bilan bajarib kelayapti.

Ishonchli vakil P.Axmadjanova O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev vilotimizga tashrifi va saylovoldi dasturida sirdaryoliklar uchun alohida imkon va imtiyozlar yaratish borasidagi rejalari haqida gapirib berdi. Ayniqsa, viloyatda 40 mingta ish o‘rniga ehtiyoj borligi, uning ortida inson qadri turganligini e’tirof etgani, yoshlarning bilimli, ilmli va hunarli bo‘lishlari zarurligi, uning uchun  bilimning quyidan yuqoriga-bog‘chadan oliy o‘quv yurtigacha bo‘lgan pillapoyalarini bosib o‘tishi uchun zamin tayyorlash bugunnning rejasi ekanligini nomzod dasturidan iqtibos keltirib o‘tdi.

Talabalarning aksariyati bu yil birinchi marta saylovda ishtirok etadi, ularning Prezidentlik saylovida ilk marta ishtirok etishi ham ramziylik kasb etadi-mustaqil yurtning mustaqil farzandi ilk marta O’zbekiston Prezidentiga munosib ko‘rgan nomzodini tanlaydi. Bu uning o‘zi va tengdoshlari kelajagi uchun bergan ovozi bo‘ladi.

Tadbirda partiya faollari va deputatlarning ham fikr-mulohazalari tinglandi. Uchrashuv  ochiq muloqot va munosabatlar asosida qiziqarli o‘tdi.

B.Norjigitova,

O'zLiDeP Sirdaryo viloyati Kengashi

 matbuot kotibi.

Teglar
  • Ko'rildi
    223
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+