Ishonchli vakil shifokorlar bilan muloqot qildi

15.10.2021, 17:20

Ishonchli vakil shifokorlar bilan muloqot qildi

Pokiza Axmadjanova Sirdaryo viloyat markaziy shifoxonasi “Tez tibbiy yordam” bo‘limi shifokor-hamshiralari bilan bilan uchrashdi.

- Nomzodning saylovoldi dasturida sog‘liqni saqlash tizimida yuksak natijadorlikka erishish, aholi o‘rtasida kasalliklarni kamaytirish, sog‘lom turmush tarzini faol targ‘ib qilish va o‘rtacha umr ko‘rish darajasini oshirish eng muhim vazifalardan biri sifatida qayd etilib, bu dasturni bosqichma-bosqich amalga oshirish loyihasi ham belgilangan, - dedi ishonchli vakil P. Axmadjanova.

Tadbirda O’zLiDeP viloyat Kengashi apparat rahbari Sh.Bozorboyeva, GulDU professori R.Mahmudov va  Guliston shahar Kengashi deputatlari ham ishtirok etishdi.

Uchrashuv ishtirokchilari bir ovozdan Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi.    

B.Norjigitova,

O'zLiDeP Sirdaryo  viloyati Kengashi

 matbuot kotibi.

Teglar
  • Ko'rildi
    476
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+