Yashnobod tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazda uchrashuv tashkil qilindi

15.10.2021, 17:21

Yashnobod tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazda uchrashuv tashkil qilindi

O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili Rustam Kalanov “Ishga marhamat” monomarkazda Yashnobod tuman saylovchilari bilan uchrashdi.

Ishonchli vakil nomzod saylovoldi dasturining mazmun-mohiyatini  ishtirokchilarga aniq misollar bilan yetkazdi. Jumladan, Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida hududlarning “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqib, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari qurilishiga alohida e’tibor qaratiladi. 70 ming kilometrdan ziyod avtomobil yo‘llari, 15 ming kilometrdan ortiq ichimlik suvi va 1 ming kilometr oqova suv tarmoqlari quriladi. Endilikda shahar va tumanlarda iqtisodiy kompleks tarkibiga kiradigan barcha idoralarning bosh vazifasi “mahallabay” ishlash asosida kambag‘allikni qisqartirish va ishsizlikni bartaraf etish hisoblanadi. 2026 yil yakunigacha kambag‘allikni kamida 2 barobar qisqartirish asosiy vazifalardan biridir.  2023 yildan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 15 foizdan 12 foizga tushiriladi.

Ishonchli vakil ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga aniq, javoblar qaytardi.

Teglar
  • Ko'rildi
    286
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+