Ishonchli vakil yangihayotlik saylovchilar bilan uchrashdi

15.10.2021, 17:23

Ishonchli vakil yangihayotlik saylovchilar bilan uchrashdi

O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili Rustam Kalanov Yangihayot tumani saylovchilari bilan uchrashdi.

Ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturidagi ustuvor yo‘nalishlarni tushuntirib o‘tdi. Jumladan, 2026 yil yakunigacha kambag‘allik kamida 2 barobar qisqartiriladi. Xususiy tibbiyotni yanada rivojlantirish maqsadida ularga soliq imtiyozlari berish davom ettiriladi. Tibbiy xizmatlardagi xususiy sektorning ulushi hozirgi 12 foizdan 25 foizga yetkaziladi. 2024 yil yakuniga qadar 6 yoshli bolalar maktabgacha tayyorlov tizimi bilan to‘liq qamrab olinadi. 700 mingdan ziyod ishsiz xotin-qizlar davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitiladi.

Ishonchli vakil shu va boshqa sohalar bo‘yicha qilinadigan ishlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi va ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga aniq javoblar qaytardi.

Teglar
  • Ko'rildi
    230
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+