Ishonchli vakil oltiariqlik saylovchilar bilan uchrashdi

15.10.2021, 17:24

Ishonchli vakil oltiariqlik saylovchilar bilan uchrashdi

O’zLiDePdan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Senator, Xalq shoiri Enaxon Sidiqova  Oltiariq  tumani saylovchilari bilan uchrashdi.

Tumandagi  1-IDUM da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlri, mahalliy Kengash deputatlari, targ‘ibot guruhi a’zolari, partiya faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Uchrashuvni partiya faoli, muassasa rahbari  Xomidjon Raximov ochib nomzodning avvalgi ish faoliyatida erishilgan amaliy natijalarga alohida to‘xtaldi. Tumanda faoliyat olib borayotgan har bir soha vakillari, tadbirkoru dexqon, charvadoru bog‘bon barchasi birdek  Yangi O’zbekistonni bunyod etishda faol ishtirok etmoqdalar, deya e’tirof etdi.  

Uchrashuvda ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturidagi  ustivor yo‘nalishlar bilan tanishtirib o‘tdi.

Nomzodning Saylovoldi dasturida Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadlarini kamida 2 barobar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sish sur’atlarini kamida 5 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. Qayd etilishicha, 200 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, ularni aholiga ochiq tanlov asosida 10 sotixdan 1 gektargacha uzoq muddatli ijaraga berish tizimi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Intensiv bog‘lar 3 marta va issiqxonalar 2 marta ko‘paytirilib, eksport salohiyatini yana 1 milliard dollarga oshirish imkonini yaratish ko‘zda tutilgan. Bu esa Oltiariqdek tuprog‘i tilloga teng xudud uchun ayni muddao, dedi Enaxon Sidiqova.  

Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi Mavluda Xodjayeva nomzodning dasturidan o‘rin olgan Sog‘liqni saqlash tizimida yuksak natijadorlikka erishish, aholi o‘rtasida kasalliklarni kamaytirish, sog‘lom turmush tarzini faol targ‘ib qilish va o‘rtacha umr ko‘rish darajasini oshirish muhim vazifa sifatida e’tirof etilgan, degan jumlalarga alohida to‘htaldi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Ibragimova tomonidan esa «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida hududlarning «o‘sish nuqtalari»dan kelib chiqib, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini qurishga alohida e’tibor qaratilishi borasidagi aniq maqsadlar aholiga atroflicha tushuntirildi.

Uchrashuvda shuningdek so‘zga chiqqanlar so‘nggi besh yil mobaynida  juda katta o‘zgarishlar ro‘y berganini, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasidagi bunyodkorlik jarayonlari tufayli tuman markazi Oltiariq mutloq yangi qiyofaga kirib borayotgani, ko‘plab muammolar bartaraf etilganini, shuningdek ko‘plab yangi  ish o‘rinlari yaratilganini qayd etdilar. O’z navbatida ishtirokchilar Prezidentlikka nomzod Sh.Mirziyoyevni yakdillik bilan qo‘llab-quvvatladilar.

Teglar
  • Ko'rildi
    275
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+