“Inson qadri uchun” shiori ostidagi targ‘ibot tadbiri Oltiariqda tashkil qilindi

15.10.2021, 17:25

“Inson qadri uchun” shiori ostidagi targ‘ibot tadbiri Oltiariqda tashkil qilindi

“Inson qadri uchun” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan targ‘ibot uchrashuvlari Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi tomonidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi targ‘ibot tadbirlari Farg‘ona viloyatida ham qizg‘in pallaga kirgan. Ana shunday uchrashuvlar Oltiariq tumanida bo‘lib o‘tdi.

Tuman madaniyat uyiga jam bo‘lgan saylovchilar bilan nomzodning viloyatdagi ishonchli vakili Enaxon Sidiqova uchrashdi.

Ishonchli vakil, targ‘ibot guruhi a’zolari, mahalliy Kengash deputatlari  va partiya viloyat Kengashi faollari ishtirokidagi uchrashuv saylovchilarga ko‘tarinki ruh ulashdi. Boisi har bir ma’ruzachi nomzodning saylovoldi dasturidan o‘rin olgan yo‘nalishlarni xalqchil tarzda ommaga tushuntirib berdi.

Enaxon Sidiqova yig‘ilganlarni an’anaga muvofiq nomzodning Saylovoldi dasturidagi ustivor vazifalar bilan tanishtirdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Xodjayeva saylovchilarni Saylovoldi dasturidagi ustivor vazifalar bilan tanishtirar ekan, o‘tgan besh yilda barcha sohalarda salmoqli ijobiy natijalarga erishilganini, bu yutuqlarni jahon hamjamiyati ham e’tirof etayotganini, lekin bu – barcha erkin va farovon hayot kechiradigan Yangi O’zbekistonni barpo etishdagi murakkab va ayni paytda sharafli, xayrli yo‘lning boshlanishi, debochasi ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuvda ishtirok etgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Ibragimova dasturda 11 ta tibbiyot oliy ta’lim muassasasi transformatsiya qilinib, ularning qoshida klinikalar tashkil etiladi hamda o‘qituvchilarning xorijda tizimli malaka oshirishi yo‘lga qo‘yilishi belgilangani, mamlakatda ishlab chiqariladigan dori-darmon va tibbiyot vositalari ularning umumiy hajmida 80 foizga yetkazish ko‘zda tutilayotgani hamda sanitariya-epidemiologiya xizmatining xalqaro maqomga ega 250 dan ziyod laboratoriyalari tashkil etilishi rejalashtirilgani xususida so‘z yuritdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, keyingi yillarda mamlakatimizda  ta’lim va tibbiyot tizimiga qaratilayotgan e’tibordan mamnun ekanligini ta’kidlashdi. Shuningdek, yurtimizning tumanlari, mahallalari va qishloqlarida ham aholi tarmush tarzini yaxshilash, fuqarolarga qulay shart-sharoit yaratish eng ustuvor vazifa etib belgilanganligi, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan  ulkan islohotlar har bir yurtdoshimizning  hayotida aks etayotganligini e’tirof etib,  inson qadri, Vatan ravnaqi va farzandlari kelajagi uchun  Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilishdi.

Teglar
  • Ko'rildi
    169
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+