Mening ilk ovozim yurt kelajagini belgilashda muhim ahamiyatga ega

15.10.2021, 17:26

Mening ilk ovozim yurt kelajagini belgilashda muhim ahamiyatga ega

O’zLiDeP  Xorazm viloyat va Urganch shahar  Kengashi tomonidan joriy yilgi saylovda yoshlarning faolligini yanada oshirish maqsadida “Mening birinchi ovozim” mavzuida Urganch davlat Universitetida talaba yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil qilindi.  

Unda Xorazm viloyati bo‘yicha ishonchli vakil Amin Vapayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nigora Qutlimuratova, O’zLiDeP Xorazm viloyat  Kengashi raisi, targ‘ibot guruhi a’zosi Islom Fayzullayev va partiya faollari ishtirok etishdi.

Muloqotda so‘zga chiqqan viloyat Kengashi raisi I.Fayzullayev mamlakat hayotidagi eng muhim, hal qiluvchi siyosiy jarayonda o‘z ovozi bilan ishtirok etish, davlat kelajagi, o‘zining ertangi kuni uchun hissa qo‘shish, ayniqsa, birinchi marta saylovda qatnashadigan yoshlar uchun katta bayramligi bilan birga, eng hayajonli vaziyat, mas’uliyatli vazifa ekanligi alohida ta’kidlandi.

Ishonchli vakil hamda deputatlar nomzodning saylovoldi dasturida ta’lim va yoshlar sohasida kelgusi 5 yillikka qilingan rejalar xususida ma’lumotlar berdi.

Dasturga ko‘ra uzluksiz ta’lim tizimi uchun milliy o‘quv dasturini joriy etish, ta’lim sifatini oshirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Oliy ta’lim tizimida qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini oshirish e’tibor markazida bo‘ladi. Talabalarning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida qariyb 100 ming o‘rinli talabalar turar joylari barpo etiladi. 2026 yilgacha xususiy oliy ta’lim tashkilotlari soni kamida 50 taga yetkazilib, ularda ta’lim olayotgan talabalarga ham 7 yillik ta’lim kreditini olish imkoniyati yaratiladi. “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yoshlarni nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlaridagi bakalavriat, magistratura va doktoranturaga yuborish ko‘lami 2 marta oshiriladi.

Xususan, Xorazmda Muhammad Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika markazi va jamg‘armasi tashkil etiladi. Markaz matematika bo‘yicha iqtidorli yoshlarni tanlab olish va ilmga yo‘naltirish, ularning o‘z salohiyatini namoyon qilishiga ko‘mak berish bilan shug‘ullanishi Al-Xorazmiy bobomizning izdoshlari yetishib chiqishida muhim omil bo‘ladi. Bundan tashqari, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali uchun qo‘shimcha ming o‘rinli yangi o‘quv binosi quriladi. O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali va uning qoshida Urganch boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internati tashkil etiladi.

Ochiq muloqot davomida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.   Yoshlar saylovda yorqin kelajak uchun saylovda faoli ishtirok etishini va o‘zlari munosib deb bilgan  nomzodga ovoz berishlarini bildirdilar.   

Nasiba Vaisova,

O’zLiDeP Xorazm viloyat  Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    423
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+