Xorazmda “Inson qadri uchun” shiori ostida ommaviy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

15.10.2021, 17:28

Xorazmda “Inson qadri uchun” shiori ostida ommaviy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Prezident sayloviga sanoqli kunlar qoldi. Siyosiy partiyalar tomonidan targ‘ibot ishlari qizg‘in pallaga chiqqan. Har bir partiya vakillari o‘z nomzodlarining saylovoldi tashviqot uchrashuvlarini, aholi orasida targ‘ibot ishlarini keng olib bormoqdalar. O’zbekiston Liberal- demokratik partiyasi Xorazm viloyat va Urganch shahar Kengashlari tomonidan Urganch shahrida “Inson qadri uchun” shiori ostida ommaviy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olgan partiya viloyat Kengashi raisi Islom Fayzullayev va  nomzodning Xorazm viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Amin Vapayevlar yig‘ilganlarni partiyadan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi undagi ustivor vazifalar barcha sohalarni rivojlantirishga qaratilgan kelgusi besh yillik rejalar bilan tanishtirib, barchani Yangi O’zbekistonni taraqqiyot yo‘lidan dadil yetaklab borishga qodir bo‘lgan munosib nomzod Shavkat Mirziyoyev bilan barpo etishga da’vat etdilar.  

Tadbirning tantanali badiiy qismida vohamizning taniqli va ardoqli xonandalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Unda obodlik kasb etayotgan Ona Vatan, yoshlik va baxtiyor hayotni tarannum etgan kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyevning xayrixohlari bo‘lgan nuroniylar, yoshlar, tadbirkorlar, shifokorlar, o‘qtuvchilar kabi turli kasb vakillari yig‘ilganlarni har bir insonning qadri bor – Yangi O’zbekiston bunyodkori Shavkat Mirziyoyev atrofida jipslashib, uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashga chorlashdi.

NASIBA VAISOVA,

O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot kotibi

Teglar
  • Ko'rildi
    330
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+