Islohotlar sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tariladi

16.10.2021, 16:10

Islohotlar sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tariladi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal- demokratik partiyasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyat bo‘yicha ishonchli vakili Bayrambek Uzakov Zarbdorlik saylovchilar bilan uchrashdi.

 Zarbdor tumanidagi “Bo‘ston” MFYda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova, O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi raisi Erkin Xolmatov, mahalliy Kengash deputatlari, targ‘ibot guruhi a’zolari, partiya faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida ishonchli vakil dastlab yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi va Saylovoldi dasturidagi  ustivor yo‘nalishlar bilan tanishtirib o‘tdi.

“Obod mahalla” dasturidan keyin o‘zgacha chiroy ochgan bu maskanda to‘qimachilik korxonasi faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgani mahalladagi ko‘plab ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash imkonini berdi.

Eng e’tiborlisi, bu o‘zgarishlar to‘xtab qolgani yo‘q. Partiyadjan ko‘rsatilgan nomzodning Saylovoldi dasturida belgilab berilgan ustivor yo‘nalishlar esa ularni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan. Jumladan, faol tadbirkorlik va manzilli moliyaviy ko‘mak – kambag‘allikni qisqartirishning muhim omili ekanligiga alohida e’tibor qaratilgan.

Saylovoldi dasturida ta’kidlanganidek, mamlakatimizda 2026 yil yakuniga qadar kambag‘allikni kamida 2 barobar qisqartirish eng muhim vazifalardan biri bo‘ladi. Buning uchun, tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi. Tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot doirasida shakllantirilgan 7 ta yo‘nalish bo‘yicha 60 ga yaqin yangi tashabbus va takliflarni nazarda tutuvchi dastur amalga oshiriladi.

Korxonalarga mol-mulk solig‘i stavkasi, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi sezilarli kamaytiriladi. Har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o‘qish imkoniyati yaratiladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini 3 barobar oshirishni ko‘zda tutuvchi Milliy dastur ishlab chiqilib, amalga oshiriladi.

Dasturda ilgari surilgan boshqa ustivor yo‘nalishlar bilan birga bu vazifalar, ijrosi avvalambor, aholining turmush farovonligini oshirishga, elimiz ravnaqi, yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar  yurtimizda sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilgan islohotlar uzviyligini yoqlashlarini bildirib, O’zLiDePdan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdilar.

                        O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    259
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+