Ishonchli vakil baliqchilik fermerlar bilan muloqot qildi

18.10.2021, 16:09

Ishonchli vakil baliqchilik fermerlar bilan muloqot qildi

Ishonchli vakilning baliqchilik fermer va tadbirkorlar bilan uchrashuvi so‘nggi besh yilda ishbilarmonlik muhitida, qishloq xo‘jaligi sohasida yaratilgan imkoniyatlar, qulay shart-sharoitlar e’tirofi bilan boshlandi. Ishtirokchilarning islohotlardan rozilik kayfiyati fikrlarida yaqqol namoyon bo‘ldi.

Uchrashuvda ishonchli vakilga partiya viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova, partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’uli Samidillo Mahmudov, mahalliy kengash deputatlari, targ‘ibot guruhi a’zolari hamrohlik qildilar.

O’zLiDePdan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakili O’ktamjon Axunov tomonidan Shavkat Mirziyoyevning Yangi O’zbekiston strategiyasi asosida ishlab chiqilgan saylovoldi dastur mohiyati to‘la ochib berildi.

So‘z olganlar nomzodning tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotidan olgan taassurotlarini o‘rtoqlasharkan, ayni muloqot ko‘plab muammolar yechimiga xizmat qilganini mamnuniyat bilan ta’kidlashdi. Ishonchli vakil esa ayni muloqotda shakllantirilgan 7 ta yo‘nalish bo‘yicha 60 ga yaqin yangi tashabbus va takliflarni nazarda tutuvchi dastur amalga oshirilishi saylovoldi dasturga kiritilganini aytib o‘tdi.

Fermerlarni quvontirgan jihat - saylovoldi dasturda belgilangan qishloq xo‘jaligida davlat aralashuviga to‘liq barham berilishining qayd etilgani bo‘ldi. Eng muhimi, kelgusi besh yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini majburiy sotib olish tizimi to‘la bekor qilinib, erkin bozor munosabatlari joriy qilinadi. Mana shu imkoniyat fermerlarning aksar og‘riqlariga yechim ekanligi ta’kidlandi.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    383
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+