Ishonchli vakil baxmallik saylovchilar bilan uchrashdi

18.10.2021, 16:11

Ishonchli vakil baxmallik saylovchilar bilan uchrashdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal demokratik partiyasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyat bo‘yicha ishonchli vakili Bayrambek Uzakov Baxmal tumani saylovchilari bilan uchrashdi.

Tuman Bolalar musiqa va san’at maktabi va “Barlos” mahalla fuqarolari yig‘inida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova, O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi raisi Erkin Xolmatov, mahalliy Kengash deputatlari, targ‘ibot guruhi a’zolari, partiya faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuvlar davomida ishonchli vakil dastlab yig‘ilganlarni nomzodning Saylovoldi dasturidagi ustivor yo‘nalishlar bilan tanishtirib o‘tdi.

Mamlakatimizni yanada rivojlantirish, el farovonligini ta’minlash, odamlarning bugungi kunidan rozi bo‘lib, ertangi kuniga ishonch bilan qarashiga poydevor bo‘layotgan islohotlarni uzviy davom ettirish va  uni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan nomzodning Saylovoldi dasturi har bir insonning kamoli butun jamiyat, davlat rivojining garovi, deb qaralgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

So‘nggi besh yilda amalga oshirilgan islohotlar sabab, “Davlat – insonlar uchun” degan xalqchil g‘oya asosida davlat boshqaruvining samarali va barqaror tizimi yaratilishi, davlat organlarining xalqqa bevosita xizmat qilishi ustivor tamoyil etib belgilangani natijasida aholining bandligi oshdi, ilm-fan, ta’lim – tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at sohalari tubdan isloh qilindi, keksa avlod vakillari, ayollar va yoshlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik yangi bosqichga ko‘tarildi.

Bu yangiliklar, o‘zgarishlar bugun Baxmal tumanidaga har bir mahallaga, har bir xonadonga kirib bordi.

O’zLiDePdan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Saylovoldi dasturida ishlab chiqilgan Yangi O’zbekiston strategiyasi esa, hech shubhasiz, mamlakatimizni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqadi.

                                  O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    36
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+