Har bir insonning qadri bor

18.10.2021, 16:12

Har bir insonning qadri bor

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal demokratik partiyasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Bayrambek Uzakov Zafarobod tumanidagi 30-sonli manzilli koloniyadagi ozodlikdan mahrum etilgan fuqarolar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda, O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi raisi Erkin Xolmatov, Jizzax viloyati Kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi N.Pardayev, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Isroilov hamda partiya viloyat, tuman Kengashi xodimlari ishtirok etdilar.

Ma’lumki, Saylov Kodeksiga asosan, qamoqda saqlash joylarida ushlab turilgan hamda qamoqqa olingan, shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar ovoz berish huquqiga egadirlar va qamoqda saqlash hamda ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.

Uchrashuv davomida ishonchli vakil tadbir ishtirokchilariga partiyadan ko‘rsatilgan nomzodning tarjimai holi va Saylovoldi dasturi bilan atroflicha tanishtirib o‘tdi. Jumladan, odil sudlov, inson qadr-qimmati va huquqlari oliy qadriyat sifatida sud-huquq sohasidagi islohotlarimizning asosiy mazmuni bo‘lishi ta’kidlandi. Shuningdek, liberallashtirish siyosatining mantiqiy davomi sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotgan 10 ga yaqin qilmishlari jinoyat toifasidan chiqarish va jazoni yengillashtiradigan holatlar sonini amaldagi 9 tadan 15 tagacha ko‘paytirish choralari ko‘riladi.

Uchrashuv qatnashchilari har bir inson qadri uchun yo‘naltirilgan O’zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning Saylovoldi dasturini to‘liq qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar.

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    365
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+