Ishonchli vakil Amudaryo va Qo‘ng‘irotlik saylovchilar huzurida
18.10.2021, 16:14

Barchangizga ma’lum, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga ham sanoqli kunlar qoldi. Mazkur siyosiy jarayonda esa targ‘ibot-tashviqot ishlari ayni qizg‘in pallada o‘tmoqda.
Ayni paytda joylarda Sh.Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha ishonchli vakili Abat Daniyarovning ham saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.
Ana shunday uchrashuvlar Amudaryo, To‘rtko‘l, Beruniy, Ellikqal’a, Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot va Qonliko‘l tumanlarida ham ko‘taringki ruxda tashkil qilindi.
Jumladan, ishonchli vakil Amudaryo tumani Madaniyat saroyida saylovchilar bilan uchrashdi. Unda ishonchli vakil Abat Daniyarov nomzodning saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.
Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturida ilgari surilgan tashabbuslar, puxta o‘ylangan rejalar, yangi g‘oya va fikrlarga, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ayniqsa, qishloqlar infratuzilmasini zamon talablari darajasiga ko‘tarish, tibbiyot, ta’lim, energetika, madaniy-ma’rifiy, qishloq xo‘jaligi sohalari bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturida belgilanganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadlari kamida 2 barobar oshirilib, uning yillik o‘sish sur’atlari esa kamida 5 foizga yetkazilishi, qishloq xo‘jaligida davlat aralashuviga barham berilib, erkin bozor munosabatlari joriy qilinishi, dehqonlar uchun subsidiyalar ajratilishi, sohadagi klasterlar va fermerlar faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urtalashning mutlaqo yangi mexanizmlari joriy qilinishi ko‘zda tutilayotgani haqida ta’kidlab o‘tildi.
Uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar o‘zlari istiqomat qilayotgan mahallalar, mehnat qilayotgan sohalarini, oilalar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar misolida so‘nggi yillarda hayotimizdan mustahkam o‘rin olgan yangiliklar ijobiy o‘zgarishlarni misollar bilan gapirdilar va barchani joriy yilning 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O’zLiDeP ko‘rsatilgan nomzod Sh.Mirziyoyevni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining eng chekka tumanlaridan biri Qo‘ng‘irot tumanida ham ishonchli vakilning qo‘ng‘irotlik saylovchilar bilan uchrashuvi muloqotlarga boy tarzda o‘tdi.
Unda ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturi bilan tanishtirar ekan, o‘tgan besh yil davomida olib borgan odilona siyosati ularoq eng avvalo inson manfaatini hamma narsadan ustun quydi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Istiqbolli rejalar - oliy maqsadlar ro‘yobiga xizmat qiladi
22.10.2021, 19:03
-
Fransiyalik xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv
22.10.2021, 18:59
-
Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashdi
21.10.2021, 16:14
-
O’zLiDeP tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun brifing tashkil qilindi
20.10.2021, 17:03
-
Toshkentlik saylovchilar bilan ochiq muloqot bo‘ldi
19.10.2021, 16:44
Fikringizni qoldiring