Ishonchli vakil Nukuslik talaba yoshlar bilan uchrashdi

18.10.2021, 16:15

Ishonchli vakil Nukuslik talaba yoshlar bilan uchrashdi

Sh.Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha ishonchli vakili Abat Daniyarov Nukus shahridagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talaba yoshlar bilan uchrashdi.

Dastaval ishonchli vakil talaba yoshlarga nomzodning tarjimoi holi va faoliyatiga to‘xtab o‘tdi. Shundan so‘ng esa o‘tgan besh yil davomida ta’lim sohasini isloh qilish borasida qilingan ishlarni hayotiy misollar bilan tushuntirib o‘tdi.

 E’tibor bersangiz bundan besh yil avval O’zbekiston davlat san’at  va madaniyat instituti Nukus filialida ta’lim olayotgan talaba yoshlarning soni 100 nafarga yetmas edi. Bugunga kunga kelib bu maskanda tahsil olayotgan talaba yoshlar soni minga yaqin.

O’zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialining tashkil qilinishi ham, shuningdek amaldagi Prezident Sh.Mirziyoyev O’zbekiston yoshlari  forumida yoshlar bilan uchrashganda ham viloyat hokimlari har bir shahar va tumannan 5 yoshgacha yoshlarni madaniyat, san’at  oliy o‘quv yurtlariga mahalliy budjet hisobidan o‘qitish va kelgusida ularni o‘z hududidan uy-joy, mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. 

Bu esa o‘z navbatida nomzodimiz Sh.Mirziyoyevning qoraqalpoq yurtining madaniyat, san’at sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun yaratib bergan  imkoniyatlaridan  biri desam adashmagan  bo‘laman, – dedi  Ishonchli vakil Abat Daniyarov.

Nomzodning saylovoldi dasturida ham kelgusi besh yilda oliy ta’lim tizimida qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini oshirish, talabalarning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida qariyb 100 ming o‘rinli talabalar turar joylari barpo etiladi. 2026 yilgacha xususiy oliy ta’lim tashkilotlari soni kamida 50 taga yetkazilib, ularda ta’lim olayotgan talabalarga ham 7 yillik ta’lim kreditini olish imkoniyati yaratiladi. Bu esa nomzodimizning yoshlarga bo‘lgan e’tiborining yana bir isboti desak adashmaymiz.

Talaba yoshlar bilan muloqot chog‘ida yoshlarning fikr va takliflari tinglandi va barcha yoshlarni bo‘lajak saylovda nomzodimiz Shavkat Mirziyoyevni  qo‘llab-quvvatlashga chaqirib qoldilar. 

 O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    394
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+