Ishonchli vakil Navoiyda ustoz va murabbiylar, talaba-yoshlar bilan uchrashdi
18.10.2021, 16:17

Har qanday islohotlar yuksak ma’naviyat va madaniyat bilan chambarchas bog‘liq. Bu sohaga e’tibor katta hududlar ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan rag‘batdir.
Prezidentlikka nomzod Sh.Mirziyoyevning ishonchli vakili Q. Sanaqulov Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida o‘qituvchi- professorlar, ustoz va murabbiylar va talaba-yoshlar bilan uchrashdi.
Ishonchli vakil Prezidendlikka nomzod haqida gapira turib, avvalo, Navoiy davlat konchilik instituti negizida qariyb 15 ming talabani o‘qitadigan, jahon standartlariga to‘la javob beradigan, o‘zining yuqori moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lgan zamonaviy Politexnika universiteti tashkil etilishi, Navoiy viloyati muhandis mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha respublika markaziga aylantirilishi, shuningdek, Navoiy davlat pedagogika instituti quvvati qo‘shimcha 6 ming o‘ringa kengaytirilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Bundan tashqari aholini kasb-hunarga o‘qitishning ham mutlaqo yangi tizimi tashkil etilib, viloyatdagi o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlaydigan 60 ta kasb-hunar maktabi va markazlari, monomarkaz Navoiy kon-metallurgiya kombinati va “Navoiyazot”ga biriktirilishi to‘g‘risida aytib o‘tdi.
Kelgusi yillarda Navoiy viloyatida bog‘chalar soni yetarli bo‘lmagan hududlarda 17 ta davlat bog‘chalari, 26 ta xususiy sheriklik, 466 ta oilaviy bog‘chalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi nomzodning saylovoldi dasturidan o‘rin olganligini bildirdi.
Oliy ta’lim professorlari, talabalar so‘zga chiqishib Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturiga oid iliq fikrlar bildirishdi. Talabalar tomonidan dasturga oid bir qancha takliflar aytildi.
M.Pirnafasova,
O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi
matbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Istiqbolli rejalar - oliy maqsadlar ro‘yobiga xizmat qiladi
22.10.2021, 19:03
-
Fransiyalik xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv
22.10.2021, 18:59
-
Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashdi
21.10.2021, 16:14
-
O’zLiDeP tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun brifing tashkil qilindi
20.10.2021, 17:03
-
Toshkentlik saylovchilar bilan ochiq muloqot bo‘ldi
19.10.2021, 16:44
Fikringizni qoldiring