Ishonchli vakil Xatirchidagi yagona yirik sanoat korxonasi faoliyati bilan tanishdi
18.10.2021, 16:19

Xatirchi tarixidagi yagona yirik sanoat korxonasi sifatida tashkil etilgan, qiymati 30 million AQSh dollariga baholangan, yillik quvvati 7 ming tonna ip kalava, 6 million m² gazlama, 4 ming tonna bo‘yalgan ip ishlab chiqarishga mo‘ljallangan «Xatirchi tekstil» ning bugungi kundagi ahvoli qanday?
Germaniya, Belgiya va Turkiyada ishlab chiqarilgan so‘nggi rusumdagi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ushbu korxonada 1 000 ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan edi.
O’zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Sh.Mirziyoyevning ishonchli vakili Q.Sanaqulov mazkur korxonada bo‘lib, korxona faoliyatining bugungi ahvolini o‘rgandi.
Qiyinchiliklarga qaramay, qisqa vaqt ichida “Xatirchi Tekstil” oyiga 780 tonna ip-kalava ishlab chiqarib, 1400 AQSh dollarlik eksportni amalga oshirgan.
Ishonchli vakil korxona ishchi-xizmatchilari bilan suhbatda bo‘lib, ularga yaratilgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi.
M.Pirnfasova,
O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi
matuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Istiqbolli rejalar - oliy maqsadlar ro‘yobiga xizmat qiladi
22.10.2021, 19:03
-
Fransiyalik xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv
22.10.2021, 18:59
-
Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashdi
21.10.2021, 16:14
-
O’zLiDeP tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun brifing tashkil qilindi
20.10.2021, 17:03
-
Toshkentlik saylovchilar bilan ochiq muloqot bo‘ldi
19.10.2021, 16:44
Fikringizni qoldiring