15 nafar shifokor partiya safiga qabul qilindi

29.10.2021, 10:54

15 nafar shifokor partiya safiga qabul qilindi

Qashqadaryo viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanserida  O’zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda partiya viloyat Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari Arziqul Sherov so‘zga chiqib, Prezidentlik saylovida O’zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli g‘alabasi bilan barchani tabrikladi. Partiya oldida turgan muhim vazifalar va bajarilishi lozim bo‘lgan dasturlar xususida qizqacha to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, targ‘ibot tadbirida deputatlar, shifokorlar va partiya faollari so‘zga chiqishdi. Shu kuni dispanser shifokorlaridan 15 nafari O’zLiDeP safiga qabul qilindi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    334
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+