Ulkan rejalarni amalga oshirishda kamarbastamiz

29.10.2021, 10:57

Ulkan rejalarni amalga oshirishda kamarbastamiz

Mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy voqea – 2021 yil 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi,   Konstitutsiya va Saylov kodeksi talablariga to‘liq rioya qilgan holda amalga oshirilgan, raqobatbardosh, erkin, ochiq va oshkora tarzda o‘tgan siyosiy jarayon sifatida tarix sahifalaridan joy oldi.

Shavkat Mirziyoyev saylovda qatnashganlar umumiy sonining 80,1 foiz ovozi bilan g‘alaba qozongani xalqning bildirgan yuksak ishonchlarining to‘liq namunasidir.

Bu xalqimiz yurtimizda Yangi O’zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan va sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilgan islohotlar jarayonini qo‘llab-quvvatlayotganining, uni uzviy davom ettirish tarafdori ekanligining yana bir dalolatidir. Chunki, odamlar nafaqat tinchlik, osoyishtalik va bunyodkorlik ruhi bilan sug‘orilgan, inson qadri eng ulug‘ qadriyat, deb qaralayotgan bugungi kunlaridan rozi bo‘lib yashamoqdalar, balki yaqin kelajakda amalga oshiriladigan ulkan ishlar ko‘lami xalq farovonligini yanada oshirishiga, Vatanimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashiga qat’iy ishonch bilan qaramoqdalar.

Buni Jizzax viloyati misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Davlatimiz rahbari O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiyamizdan ko‘rsatilgan nomzod sifatida Jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashar ekan, kelgusi besh yilda viloyat miqyosida jami 12 milliard dollarlik 4 mingdan ziyod katta, o‘rta va kichik investitsiya loyihalarini amalga oshirib, 120 mingta ish o‘rni yaratish maqsad qilinganini aytib o‘tdi.

Bunday keng ko‘lamli bunyodkorlik jarayoni har qanday kishida o‘sib borayotgan mamlakatimiz qudratidan faxr-iftixor tuyg‘ularini uyg‘otibgina qolmay, balki ularni hayotga joriy etishda Prezidentimiz boshchiligida bir tan bir jon bo‘lib, ulug‘ ishlarni bajarishga kamarbasta bo‘lishga shay ekanligini bildiradi.

    Erkin Xolmatov,   

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi raisi

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    215
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+