Klasterlarga yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar aholi bandligi va daromadlarini yanada oshishiga xizmat qiladi

29.10.2021, 11:03

Klasterlarga yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar aholi bandligi va daromadlarini yanada oshishiga xizmat qiladi

Saylov zamirida juda katta ramziy ma’no bor. Unda xalqning hamjihatlik bilan ishtirok etishi bu davlatga ishonch, e’tiqod mustahkamligi ifodasidir. Boshqacha aytganda, saylov xalqimizning siyosiy-huquqiy madaniyati yuksalib borayotganini ko‘rsatdi, tinch, erkin va  farovon hayot qurishga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdi. Quvonarli va muhim jihati shundaki, mamlakatimizda o‘tkazilgan Prezidentlik saylovi  jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etildi.

Ko‘plab davlatlardan, katta xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar keldi. Ular saylov uchastkalariga borib, yaratilgan sharoitlarni, odamlarimiz ertangi kunga befarq emasligini, saylovda faol qatnashganini, oilalari bilan kelib ovoz berganini ko‘rdi. Bu xalqimizning ruhiyati, kayfiyati, siyosiy madaniyatidan dalolatdir. 

El e’tirofi ulug‘ saodat.  Saylovda el-yurtimiz tomonidan amaldagi Prezident Shavkat Mirziyoyevga bildirilgan yuksak ishonch  besh yil oldin boshlagan keng ko‘lamli islohotlarimizga berilgan eng oliy baho, desak sira mubolag‘a bo‘lmaydi. Saylovchilarning 80 foizdan ziyodi Shavkat Mirziyoyevni qo‘llab-quvvatladi va bu yurtimizning yorqin kelajagi va istiqboliga xalqimizning ishonchi ustuvorligini ko‘rsatdi. Aminmanki, bu ishonch albatta, oqlanadi,  barpo etilayotgan Yangi O’zbekistonda yangi Renessans poydevorini qurish yo‘lida astoydil qadam tashlaymiz.

Dilbar USMONOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi.

  • Ko'rildi
    246
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+