Daraxt ekish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotganini faollarimiz amaliy ishlar bilan qo‘llab-quvvatlaydi

03.11.2021, 18:23

Daraxt ekish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotganini  faollarimiz amaliy ishlar bilan qo‘llab-quvvatlaydi

Hayotimizda daraxtlarning ahamiyati katta:  ular karbonat angidridni  kislorodga aylantirib beradi, chang-to‘zonni kamaytiradi,  issiq kunda haroratni mo‘‘tadillashtiradi. O’simliklar o‘zidan zararli mikroblarni o‘ldiruvchi fitonsidlar ishlab chiqarib, atrofning sanitariya-gigiyena holatini yaxshilaydi. Daraxtlarning boshqa foydali xususiyatlari,  afzalliklari juda ko‘p. Binobarin, Prezidentimizning ekologik holatni yaxshilash, daraxtzorlarni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratayotganini yurtdoshlarimiz, jumladan, partiyamiz faollari ham astoydil qo‘llab-quvvatlayapti.    

Kecha  davlatimiz rahbari raisligida aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari ham ko‘rib chiqildi. Bu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgan.

– Shuncha yillarda “qog‘ozda” ekilgan daraxtlarni hisoblasa, O’zbekistonda bo‘sh joy qolmasligi kerak edi. Tizim, qarov bo‘lmagani uchun ekilganining ham ko‘pi qurib ketdi. Bugungi va kelgusidagi ekologik vaziyatni inobatga olib, daraxt ekishni davlat siyosati darajasiga ko‘tarayapmiz. Shuning uchun bu umummilliy loyihani puxta tayyorgarlik bilan, puli, egasi, sug‘orish tizimi bilan amalga oshirish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” e’lon qilindi.

Davlatimiz rahbari ushbu savobli ishda har bir tashkilot, har bir fuqaro o‘z o‘rnini topishi kerakligini ta’kidladi.

Darhaqiqat, tabiatni asrash, yashil maydonlarni ko‘paytirish faqat ayrim tashkilotlar emas, balki  hammaning yumushiga aylanishi zarur. Jumladan, partiya ham o‘z imkoniyatlari doirasida ana shu ezgu ishga hissa qo‘shishga qodir va bu borada muayyan ishlarni albatta amalga oshiradi.      

Jamshid Jalolov,

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi

Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri   

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    870
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+